Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi o’ta salmoqli darajada rivojlanib takommillashib bormoqda. Dvlatimiz dunyo xamjamiyatida o’z o’rni va maveyiga EGA bo’ldi
Download 63.25 Kb.
|
Asror
MUNDARIJA bet 1 Kirish …………………5 2 Xom-ashyomahsulotlarining tavsifi 10 3 Tayyor mahsulot tavsifi 12 4 Jarayonning fizik – kimyoviy asoslari 17 5 Texnologik sxema bayoni 18 6 Texnologik hisob. 7 Moddiy va issiqlik hisobi 25 8 Asosiy qurilmaning bayoni 35 9 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish 40 10 Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish 42 11 Xulosa 61 12 Adabiyotlar 62 1.Kirish. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi o’ta salmoqli darajada rivojlanib takommillashib bormoqda. Dvlatimiz dunyo xamjamiyatida o’z o’rni va maveyiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xorijiy investitsiyalar kirib kelishi juda keng ko’lamda ivojlanib amalga oshirilib kelin moqda. Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to’qimachilik, engil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligi maxsuloti, ayniqsa paxta, hozirgi vaqtda asosiy valyuta resursi, respublika uchun hayotiy muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, naft va neft mahsulotlari, texnika va texnologiya uskunalarini import bo’yicha sotib olishni taminlayotgan asosiy manbadir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish hamda valyuta resursi bo’lgan paxtani etishtirish uchun kimyo sanoati katta o’rin egallaydi. Buning isboti sifatida chiqarilayotgan turli xil mineral o’g’itlar, kimyoviy preparatlar ya’ni g’o’zaga tushadigan turli xil kasalliklarga qarshi va oldini oluvchi vositalar ishlab chiqaradi. Yuqoridagi so’zlarimiz isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidan: Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz. Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Shu munosabat bilan sizlaming e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman. Birinchidan, nima sababdan o‘tgan yilda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning ayrim ko‘rsatkichlariga erishilmadi? Buning uchun kim shaxsan javob beradi? Ikkinchidan, 2020-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilab olishimiz zarur. Uchinchidan, kelgusi besh yil davomida qanday strategik vazifalarni amalga oshirishimiz kerak? Majlis ishtirokchilarini ogohlantirib aytmoqchiman: «g‘alaba raportlari» va qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud kamchiliklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarur. Shuningdek, mamlakat Prezidenti va hukumati darajasida yechiladigan aniq takliflar va muammoli masalalarga e’tibor berish shart. 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2020-yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifasini belgilashni taklif etaman. Eng asosiy ustuvor vazifa - «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat. Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir. Bu borada faqat byudjet profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir. Buning uchun joylarga chiqish, har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish - butun Makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi kundalik qoidaga aylanishi kerak. Faqat shundagina natijaga erisha olamiz. Shu munosabat bilan hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari o‘z ish uslubi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishi shart. Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak. Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi. Buning uchun Makroiqtisodiyot kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralar har kuni, har haftada samarali va tinimsiz ish olib borishi kerak.
Download 63.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling