Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun maspuliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
Majburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, majburiy davlat sug‘urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |