Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari to‘liq amal qila boshladi


Download 44.51 Kb.
bet3/17
Sana07.04.2023
Hajmi44.51 Kb.
#1339260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Sug\'urta

Umumiy qoidalar
Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasiUshbu Qonunning maqsadi sugʻurta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat tibbiy sugʻurtaci bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
alohida boʻlinma – sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali;
sugʻurta – muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, tovonlar va boshqa toʻlovlar toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar;
sugʻurta badali – sugʻurta mukofotining sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, miqdorlarda va shartlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan bir qismi;
sugʻurta mukofoti – sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga sugʻurta shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʻlanadigan sugʻurta uchun toʻlov;
sugʻurta summasi – muayyan summa boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta toʻlovini) sugʻurta shartnomasi boʻyicha ushbu summa doirasida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
sugʻurta tavakkalchiligi – taxmin qilinayotgan voqea boʻlib, ushbu voqea yuz bergan taqdirda sugʻurta amalga oshiriladi;
sugʻurta tarifi – sugʻurta obyektini va sugʻurta tavakkalchiligining xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadigan, shuningdek sugʻurta shartlariga muvofiq sugʻurta summasi birligidan olinadigan sugʻurta mukofoti stavkasi;

Download 44.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling