Bugungi kunning eng dolzarb muammosi bu 2008-yilda boshlangan jahon
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya bozori va birja ishi O q 2019 13-23
13 KIRISH Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi va inqirozdan kiyingi ta‘siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‗llarini izlashdan iborat 1 . O‗zbekistonning bozor munosabatlariga o‗tishi, ayniqsa, muomala sohasida tub o‗zgarishlar bilan birgalikda ro‗y berishi kuzatilmoqda. Bozor iqtisodiyotida muomala sohasining asosiy elementlaridan biri birjalar hisoblanadi. Zamonaviy bozor tizimiga kiradigan birjalar jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish aylanmasining tezlashuviga va kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga xizmat qiladi. Birjalar tufayli tovarlarning muomalada bo‗lish vaqtining qsqarishi asosiy fondlar va mehnat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirai, bank kreditlari va aylanma vositalarga ehtiyojni kamaytiradi va shu tariqa boshqa tarmoqlarga yo‗naltirilgan resurslar hajmini oshirishga imkon beradi. shu sababli birja tizimi orqali mablag‗lar aylanish tezligini oshirish hozirgi kunda dolzarb sanalgan asosiy iqtisodiy vazifalardan biri sanaladi. Davlatimiz va iqtisodiyotimizning uzoq davomli kelajagini va manfaatlarini ko‗zlab, strategik va ustuvor dasturlarni amalga oshirishda, boshimizdan kechirgan og‗ir va keskin vaziyatlardan chiqishda, bugun ko‗pchilik qatorida moliyaviy- iqtisodiy inqiroz ta‘sirini bartaraf qilishda davlat boshqaruv tizimi va usullariga suyanish va ularning rolini kengaytirish va kuchaytirish o‗zini to‗la oqlab berganini hayotimizning o‗zi tasdiqlab berdi va bermoqda. 2 Birjalarni bozorning asosiy elementi sifatida o‗rganish bilan «Birja ishi» fani shug‗ullanadi. «Birja ishi» o‗quv qo‗llanmaning asosiy maqsadlari tovar birjalari faoliyati hamda birja savdosining huquqiy asoslarini har tomonlama va chuqur o‗rganish, birja savdosi qatnashchilarini aniqlash, birja faoliyati haqida to‗liq axborot olish, birja savdosini yuritish faoliyati dasturlari va usullarini o‗zlashtirish, bozor iqtisodiyotida birjalarning o‗rni va rolini aniqlash, birja operatsiyalarini amalga oshirish, birjada tovarlar narxini kotirovkalash usullarini o‗rganish, tovar birjasi va boshqa birjalarda savdo yuritish tartibini o‗rganish, buyurtmaning xaridordan sotuvchi tomon birja xalqasi orqali harakatlanish texnologik zanjirini shakllantirish hisoblanadi. «Birja ishi» fanini o‗rganish o‗quv rejasida ko‗zda tutilgan barcha fanlar bilan uzviy bog‗liq. Ayniqsa, «Marketing», «Marketingni boshqarish», «Strategik marketing», «Tadbirkorlik asoslari», «Menejment», «Xalqaro tijorat ishi», «Tovarshunoslik» kabi fanlar bilan kuchli aloqa kuzatiladi. «Birja ishi» fanini o‗qitishda muammoli va ochiq ma‘ruzalar, bahs- munozara ma‘ruzalari, ma‘ruza-konferensiyalar, davra stoli atrofida mashg‗ulot 1 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари / И.А.Каримов. – Т: Ўзбекистон, 2009. – 4-б 2 Прeзидeнт Ислом Каримовнинг Тошкeнт шаҳрининг 2200 йиллигига бағишланган тантанали мажлисдаги нутқи. «Халқ сўзи» газетаси, 02.09.2009й. 14 o‗tkazishning faol usullari, vaziyatli masalalardan keng foydalangan holda masofadan o‗qitish kabi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash, shuningdek, «aqliy hujum», ishbilarmonlik o‗yinlari va keys-stadilardan foydalanish zarur. «Birja ishi» o‗quv qo‗llanma 5340300 - Marketing (tovarlar va xizmatlar) yo‗nalishi bo‗yicha talabalar uchun mo‗ljallangan. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling