Bugungi kunning eng dolzarb muammosi bu 2008-yilda boshlangan jahon


Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1386958
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya bozori va birja ishi O q 2019 13-23

Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyati va o‘rni
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan 
quyidagi qulay sharoitlarni ta‘minlanishi bilan bog‗liq asosiy vazifalari asosida 
belgilanadi:
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsion moliya resurslarni samarali jalb 
qilinishi;
- kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;
- davlat budjetiga xizmat ko‗rsatishi, uning kamomatini (defitsitini) qoplash 
uchun pul mablag‗larini samarali jalb qilinishi;
- iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;
- inflyatsiya sur‘atlari (templari) va valyuta kurslari o‗zgarishiga operativ ta‘sir 
ko‗rsatilishi;
- davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda 
olib borilishi;
- mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi; 
- jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integrallashuvi.
3. Moliya bozorining tuzilmasi va qatnashchilari. Birjalar faoliyati. 
Moliya bozorining mazmun-mohiyati va hususiyatlaridan kelib chiqib, uni 1-chi 
rasmda ko‗rsatilgan model yordamida ifodalash mumkin
6
. Ushbu model oltita bir-biri 
bilan uzviy bog‗langan quyidagi unsurlardan iborat: emitent (E), investor (I), 
professional (malakaviy) qatnashchi (PQ), savdo tizimlari (ST), moliya bozorini 
tartiblashtiruvchi regulyatorlar, ya‘ni davlat regulyatori (DR), nodavlat regulyatorlar 
(NR). Bunda regulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashtirish 
asosida uning barqarorligi va xavfsizligini ta‘minlaydi. 
6
SH.Shohazamiy Moliyaviy bozorlar va birja ishi 2011-yil. 


22 
1-Rasm. Moliya bozorining 
strukturaviy-funksional 
modelini anglatadi
5

Nodavlat regulyatori sifatida odatda o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi notijorat 
institutlar 
tushuniladi. 
Ushbu 
modelda 
moliya 
bozori 
qatnashchilarining 
(unsurlarining) bir-biridan farqli maqsadlari, vazifalari va faoliyat hususiyatlari 
asosida quyidagilarni ifodalash mumkin.
1. Unsurlarni shartli ravishda to‗rt guruhga: savdo qatnashchilari, savdoni 
tashkillashiruvchilar, regulyatorlar va informatsion (reyting) agentliklarga ajratish 
mumkin. Birinchi guruhga emitentlar (moliyaviy instrumentlarni taklif qiluvchilar, 
sotuvchilar), investorlar (moliyaviy instrumentlarga resurslarini yo‗naltiruvchilar, 
haridorlar), professional qatnashchilar (investitsiya institutlari bo‗lmish brokerlar
dilerlar, treyderlar, anderrayterlar; banklar; sug‗urta kompaniyalari; fondlar; 
xoldinglar; moliya-sanoat guruhlari va h.k.) kiradi. Ikkinchi guruhga savdoni 
tashkillashtiruvchi institutlar (birjalar, elektron savdo tizimlari, chakana savdo 
markazlari, 
fond 
do‗konlari, 
valyuta 
almashtirish 
shahobchalari, 
maxsus 
auksionlar, 
tarmoqlangan 
marketingli 
savdo tizimi va h.k.) kiradi. Uchinchi 
guruhga DR va NR kiradi (hozirda xalqaro 
regulyativ funksiyaga ega institutlarni ham 
nazarda tutish lozim). To‗rtinchi guruhga 
moliya 
bozorini 
tahlil 
qilib, 
uning 
qatnashchilari, 
moliyaviy 
instrumentlarning va umuman bozorning 
sifat ko‗rsatkichlarini oshkor etib, reklama 
qilib, 
belgilab 
boruvchi 
ahborot 
tashkilotlari 
kiradi. 
Ushbu 
guruh 
institutlarini moliya bozorining professional qatnashchilari qatoriga qo‗shish 
mumkin, lekin ular faoliyatlarini yuritish uchun moliya bozori regulyatoridan ruhsat 
olmaydilar, faqat akkreditatsiyalanadilar.


S

P

N

D



23 
- uchinchi bozor (third market), unda birja listingiga kirililgan qimmatli 
qog‗ozlar belgilanmagan vaqtda birjada yoki birjadan tashqari savdoda oldi-sotti 
qilinadi;
- to‗rtinchi bozor (fourth market), unda institutsional investorlar qimmatli 
qog‗ozlarni birjasiz va vositachilarsiz o‗zaro to‗g‗ridan to‗g‗ri savdosini amalga 
oshiradilar. AQShda bunday bozor kompyuterlashtirilgan, masalan, POSIT i Crossing 
Network savdo tizimlari yordamida.
11.6. Savdo maqsadlari bo‗yicha:
- «Buqalar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog‗ozlar kursini birjada ruhsat 
etilgan doirada oshirilishi hisobiga spekulyativ o‗yinni amalga oshiradilar;
- «Ayiqlar» bozori, unda vositachilar qimmatli qog‗ozlar kursini birjada ruhsat 
etilgan doirada pasaytirish hisobiga spekulyativ o‗yinni amalga oshiradilar; 
- «Quyonlar» bozori («Ko‗cha bozori» ham deb yuritiladi), unda yuqori riskli 
birja listingiga kiritilmagan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq birjadan tashqari 
operatsiyalar bajariladi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling