Bo’lish balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo’linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo’linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi.
Axborot hajmi bo’yicha balanslar bir martalik va yig’ma balanslarga bo’linadi.
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo’yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig’ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo’jalik mablag’larini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |