Buhgalteriya hisobi va audit
Download 417.08 Kb.
|
2 5397748089672959652
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Mahsulot tannarxi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili Bajardi:Ibragimov.F. Ilmiy rahbar:O’rmonbekova. I.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI "BUHGALTERIYA HISOBI VA AUDIT" FAKULTETI "AUDIT VA IQTISODIY TAHLIL" KAFEDRASI “Moliyaviy tahlil” fanidan KURS ISHI Mavzu: Mahsulot tannarxi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili Bajardi:Ibragimov.F. Ilmiy rahbar:O’rmonbekova. I. TOSHKENT-2020 Mahsulot tannarxi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili Reja: Kirish Asosiy qism: 1.Mahsulot tannarxi tahlili maqsadi, vazifasi axborot manbasi 2.Maxsulot tannarxini ifodalovchi ko’rsatkichlar va ularni tahlil qilish usullari 3.Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida korxonada mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yo’llari va omillari tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Ilovalar Kirish Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikasiya qilish, inovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofaqiyatli rivojlanishini ta’minlaydi. Shu sababli, moliya-bank tizimini qo’llab- quvvatlash, sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni xal etish va ularning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib xisoblanadi. Prezedintimiz Shavkat mirziyoyev shunday deydilar “Ochiq aytish kerak: agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, chala-chulpa, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu – Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi. Oldimizda juda mashaqqatli yo‘l turibdi, lekin aholining og‘irini yengil qilish uchun davlat tomonidan barcha choralar ko‘riladi. Ishonchim komil, mehnatsevar, tadbirkor va uddaburon xalqimiz erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali mehnat qilishga va munosib hayot kechirishga albatta qodir.”1 Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida eng asosiy masalalardan biri mamlakatda jaxon talablariga javob beradigan, sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish xisoblanadi. Bunda ko’riladigan asosiy maqsad arzonrok xamda raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Buning uchun ishlab chikarilayotgan mahsulot tannarxi o’rganib, uni imkon qadar pasaytirish katta ahamiyatga ega. _________________ 1 O’zbekiston Respulikasi prezrdenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyani qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlangan marosimdagi ma’ruzasi. Toshkent, 08.12.2018 Download 417.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling