Бухгалтерия хисобида автоматлаштирилган ахборот тизимлари ва технологиялари
Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil qilish
Download 1.18 Mb.
|
Buxgalteriya xisobi tizimlari
2.2 Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil qilish
Buxgalteriya vazifalarini yechishni AATexlari asosida tashkil qilish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarining yig‘indisidir. Hozirga bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o‘ynaydi: foydalanuvchining ish joyida o‘rnatilgan kompyuterlarni qo‘llash, bu yerda vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo‘linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko‘p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish; hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko‘paytirish; har xil bo‘linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish; birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog‘ozsiz texnologiyalarga o‘tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig‘ish va ro‘yhatga olish bo‘yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi; buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash; dialogli usulda amalga oshirish yo‘li bilan axborot xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish imkoniyati. Texnologik jarayonlarning barcha operatsiyalari SHKda bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko‘ra izchillik bilan bajariladi. Axborot to‘plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Birinchi tur birlamchi hujjatlarni yig‘ish va ro‘yhatga olish bilan bog‘liq. SHKdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu hujjatlarni yaratish jarayonini avtomatlashtiradi. Ammo SHKga qo‘lda kiritilgan birlamchi hujjatlarni kelib tushish imkoniyati ham istisno emas. Axborot ta’minotining ikkinchi turi — o‘zgaruvchan axborotlarning fayllar va mashina manbalari va SHK xotirasidagi shartli doimiy axborotlar ma’lumotlar bazalaridir. O‘zgaruvchan axborotlarning fayllari birlamchi hujjatlarning ma’lumotlari asosida shakllanadilar va belgilangan davr ichida vazifalarni (masalan, ishchi naryadlar, kirish orderlari, kassaning chiqarish orderlari, yuk xatlari va boshqalar) bir marta yechishda foydalaniladi. Shartli-doimiy axborotlarning fayllari loyihani tadbiq etishda bir marta yaratiladi, ko‘p marta foydalaniladi va ularga doimo tuzatishlar kiritiladi. Ularga har xil me’yornomalarning massivlari, ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobini yo‘qlama qilish varaqalari, ishlovchilarning shaxsiy varaqchalari va boshqalar kiradi. Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik jarayonning barcha operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida bajarilayotganda texnologik jarayonning an’anaviy vujudga kelgan bosqichlarining mazmuni bir oz o‘zgaradi. Barcha operatsiyalarning bajarilishini SHK ishga tushishi zahotiyoq ekranda ko‘rsatib beradi. Menyu dastur bloklari (modullari)ning ro‘yhatidan iborat bo‘ladi, undan xar bir modul birlamchi hujjatlarni kiritishdan tortib to yig‘ma hisoblarni tuzishni tugatilishigacha bo‘lgan texnologik jarayonning belgilangan vazifalarini bajaradi. Xulosa Mexnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlangich materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulot (fabrikat)lar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruxga shuningdek yordamchi materiallar va yokilgi xam kiradi. Barcha mexnat vositalarga umumiylik shundan iboratki, ular fakat birgina ishlab chiqarish siklida iste`mol kilinib, uzlarining kiymatini tayyorlanayetgan mahsulot tanarxiga butunlay utkazadi. Xom ashyo va asosiy materiallar deb ishlab chiqarilayetgan mahsulotning asosini tashkil kiluvchi mexnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning kismlari tayyorlanadigan metalling xar xil turlari (pulat, chuyan va boshqalar) xizmat kiladi. Xom ashyo deganda hisobning amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, kand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi. Yordamchi materiallar, asosiy materiallardan farkli ularok tayyorlanayetgan mahsulotning bosh asosini tashkil kilmay, fakat uning yuzaga kelishida katnashadi. Bunda ular mexnat vositalartning normal ishlashi uchun (surtish va artish materiallari), yoki asosiy materiallarga kushish (biriktirish) yo`li bilan ularga sifat uzgarishlarini kiritish uchun (buyeklar, laklar, yelimlar), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun - binolarni yeritish, mexnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini ta`minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun va shu kabilar) ishlaladi. Yokilgi, uz moxiyatiga kura yordamchi materiallarning bir turidir. yordamchi materiallar singari, ular yoki mexnat vositalari tamonidan iste`mol kilinadi (energetik yokilgi), yoki asosiy materiallarga kushiladi (texnologik yokilgi), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan yokilgi). Xalq ho`jaligidagi muxim axamiyati tufayli hisobda yokilgi yordamchi materiallar tarkibidan aloxida guruxga ajratilgan. Yordamchi materiallarning kupchilik kismi singari, yokilgining xusiyati shundan iboratki, u uzining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yokilgining kiymati, yordamchi materiallarning kiymatiga uxshab, ishlab chiqarish chikimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. Yarim tayyor mahsulot (farbikat)lar, ba`zi bir ishlov boskichlarini utgan, lekin xali tayyor mahsulotga aylanmagan mexnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur boskichdagi (ma`lum sex yoki ma`lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalarini utgan bulsalar xam, lekin ishlov yoki yigish uchun navbatdagi boskich (navbatdagi sexga, uchastkaga) yunaltirishishi kerak buladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi sexi tamonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash sexida ishlanishi dovom etadigan detellar keradi. Bir sexda ishlovdan utgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bulgan extiyojga karab, navbatdagi sexda ishlov yoki yigish uchun kelib tushadi. Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar uz ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib lingan yarim tayyor mahsulotlar xam (ushbu korxonaning buyutmasi bilan tayyorlangan va uning tayyor mahsulotini butlash uchun mo`ljallangan) bulishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruxiga kiradi. Bu guruxga shuningdek extiyet kismlari va idish materiallari xam kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan mexnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular xam, yarim tayyor mahsulotlarga uxshab, ba`zibir ishlov boskichlarini utishi bilan xali tayyor mahsulotga aylanmagan mexnat buyumlaridan iborat buladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan tula utgan bulsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mexnat buyumlari bu yerda xali ishlanishi lozim buladi. Buxgalteriya hisobida kam baxoli va tez eskiruvchan buyumlar aloxida guruxga ajratilgan xolda hisobga olinadi. Ularga, xizmat kilish muddatidan qat`iy nazar kiymati 15 ta minimal ish xaki mikdoridagi kiymatdan kam bulgan, yoki, kiymatidan qat`iy nazar, bir yildan kam xazmat kiladigan buyumlar kiradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling