Neft maxsulotining tarkibidagi oltingugurtni aniklash


Download 88.95 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi88.95 Kb.
#137732
Bog'liq
Neft maxsulotining tarkibidagi oltingugurtni aniklash 3


Neft maxsulotining tarkibidagi oltingugurtni aniklash.
Nazariy kism.

Barcha neftlarda turli mikdorda oltingugurt birikmalari uchraydi. Asosiy

mikdori neftning yukori molekulyar frakstiyalarda (mazut, gudron, yoglari)

uchraydi. Kimyoviy tarkibiga karab bu moddalar asosan neytral birikmalar tipidagi molekulalarning stiklik soniga turlicha bulgan tiofan va gomologlar tipidagi alifatik va stiklik radikallar va geterostiklik birikmalariga aks etadi.

Ayrim neftlarda kam mikdorda erkin xoldagi oltingugurt, vodorod sulfid,

engil molekulali merkaptan va disulfidlar topiladi. Bu narsalar neft maxsulotlari

distillyatlarida xam uchraydi. Ular ikkilamchi kelib chikishi extimoliga ega.

Vodorod sulfid va merkaptanlar termik bulinishiga karab yukori molekulyarli

oltingugurt birikmalarini namoyon kiladi. Ularning oksidlanishi natijasida

oltingugurt yigiladi, disulfidlar esa merkaptanlarning oksidlanishi xisobidan.

Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt mikdori analiz kilish yuli

bilan aniklanadi. Bu kursatkich neft xom-ashyosini texnologik xarakterini aniklab

beradi. Neft maxsulotlarida oltingugurt nokulay xolatlarni, ya’ni zararli xamda

yokimsiz xidlarni olib keladi, benzinnning xossalariga, ya’ni antidetonastion

xususiyatiga salbiy ta’sir kiladi. Metallarni korroziyaga olib keladi va kreking

maxsulotlarini smolasimon xolatga utishiga sabab buladi. Bu borada oltingugurtli

vodorod juda xam xafli sanalib, undan tashkari past merkaptanlar xamda neft tarkibidagi erkin uglevodord atomlari metallarni juda kuchli emiradi. Aasosan bu

rangli metallar uchun juda xam tez kechadigan jarayondir. Shuning uchun xam

bunday moddalarning neft maxsulotlarida mavjud bulishi neft maxsulotlarining

tarkibiga juda yomon ta’sir kilib, ularning sifatini buzishgacha olib keladi. Kolgan oltingugurt birikmalari esa: Sulfidlar, disulfidlar, tiofanlar, tiofenlar va boshka neytral moddalar korroziyaning paydo bulishi uchun ma’lum bir sharoitda uzining ustivorligini kursatadi. Yokilgi yokilganda barcha oltingugurtli birikmalar SO2 va SO3 ga aylanadi.

Past temperaturada, yokilgi yonishida xosil buladigan yoki xavo tarkibida

mavjud bulgan suv buglarining kondensastiyalanishida, ushbu oksidlarning mos

kislotalarga utishi xam kuchli korroziyani vujudga keltiradi. Yonish gazlari tarkibida mavjud bulgan SO3 shudring nuktasini oshishiga sababchi buladi. Masalan, oltingugurtli mazutlar yondirilganda tutun gazlarda O3 yigilib kolishi natijasida suv buglarining kondensastiyalanish temperaturasi 50S gacha kutariladi, xamda odatdagi temperaturada sulfat kislotasiga aylanadi va korroziyani chikaradi.Yoqilg’I tarkibida oltingugurt kancha kup bulsa, u shuncha xaflidir. Shuni inobatga olish kerakki temperatura kutarilishi jarayonida neytral oltingugurt birikmasi vodorodsulfid va merkaptanlarga ajraladi.

Oltingugurtli birikmalarning zararli ta’sirlariga neft maxsulotlariga kuyiladigan

texnik talablarga kuyidagi kursatkichlar kiritilgan.

Yokilgilarning xamma turlarida, ularning komponentlarida, kerosin, benzin

erituvchilarida, ba’zi neft moylari tarkibidagi oltingugurt normallashtiriladi.Tarkibidagi oltingugurt mikdoriga kura birmuncha yukori meyorlar karbyurator va reaktiv yokilgilariga, benzin erituvchilariga kuyilgan ( 0,02 – 0,1%). Traktor kerosinlari va dizel yokilgilari uchun bu kursatkichning urtacha kiymati (0,2 – 1,0%) ga teng. Oltingugurtning bundan kup mikdori ( 0,5 – 3,5%) kotel yokilgilariga ruxsat etiladi. Shuning uchun oltingugurtli mazutlarni yondirish ishlayotgan shaxsning tutun gazlaridan zaxarlanmasligi uchun maxsus instrukstiyalar yordamida utkaziladi. Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi maxsus moylar ( transmission, gipoid uzatmalari, uzatmalar kutisi va rulli boshkarish) va sulfofrezol surkovchi- sovutuvchi suyuklikliri uchun oltingugurt mikdorining eng kam mikdori meyorlanadi (0,9–1,7 % kam bulmagan). Chunki bu neftmaxsulotlari tarkibida oltingugurtni bulishi ularning moylilik va yopishkoklik xususiyatlarini yaxshilaydi.

Vodorod sulfidning mikdori - sifat sinovi. Reaktiv, dizel va kotel yokilgilari

tarkibida vodorod sulfid umuman bulmasligi meyorlangan. Turli navdagi reaktiv

yokilgilarda merkaptanli oltingugurt mikdori 0,001 – 0,005 %, dizel yokilgilari uchun 0,01% yukori bulmasligi lozim.

Mis plastinkasi ustida tajriba – erkin oltingugurt va aktiv oltingugurt

birikmalarining mis plastinkasiga ta’sirini sifatiy baxolash. Mis plastinkasi

korroziyasi ustida utkazilgan tajribalar korbyurator, reaktiv va dizel yokilgilari uchun ijobiydir.
Umumiy oltingugurt tarkibini aniklash.

Neft va neft maxsulotlarining tarkibini aniklashda uning tarkibidagi umumiy oltingugurt» ya’ni oltingugurt, undan chikadigan xar kanday organik birikmalarini aniklashda yukori sondagi analiz yuli taklif kilinadi.

Xamma kimyoviy uslub ana shularda oxirgi aniklik beriladiki oltingugurt

oltingugurt organik birikmalari tarkibiga kiruvchi, mikdor jixatdan vodorod sulfide gidridlash uslubi orkali yoki oltingugurt oksidini uslubi orkali aniklanadi. Kimyoviy yoki fizik – kimyoviy uslubi mikdor jixatdan serovodorod yoki oltingugurt oksidiga odatga kura engil aniklik kiritadi. Bu ikki yunalishdan keng tarkalgan oksidlanish uslubidir. Shu sababli neft maxsulotlaridagi bir talay farklik mobaynida frakstiyalarga ajralish tarkibida, fizikaviy xususiyatlarda, yagona xar taraflama tula oksidlanishiga birlashtiradi. Shuning uchun xar xil neftmaxsulotlariga bu uslubkullaniladi.


Oltingugurt miqdorini aniqlashning naychada yondirish usuli.

Metodning oxirgi moxiyati shundan iboratki neft maxsulotlarini 900 – 950S

temperaturada kvarst naychada xavo yordamida kizdiriladi. Xosil buladigan

oltingugurt oksidlarini kislotali vodorod pereksid eritmasi bilan ushlab kolish va

eritmada xosil bulgan sulfat kislota mikdori buyicha oltingugurt xajmiy aniklanadi.

SO2+ H2 O2 H2 SO4


H2 SO4+2NaOH Na2 SO4+2H2 O

Moylar, neftlar va koldik neft maxsulotlari tarkibidagi umumiy oltingugurtni

aniklash ushbu metodda amalga oshiriladi.

Reaktivlar.

Vodorod perekis.

Sulfat kislota, 0,02 n eritma.

Uyuvchi natriy, 40% li 0,02n eritma.

Aralashtirilgan indikator : 0,2% lik kizil metil spirt eritmasi, 0,1 % lik kuk metil spirt

eritmasi.

Marganstovkali chuchuk kaliy, 0,1m eritmasi.


Analiz uchun kurilmani tayyorlash

Neft maxsulotlarining namunasini yondirish kurilmasi kursatilgan.


Oltingugurtni naychada yondirish usulida aniklash kurilmasi sxemasi:


1 — KMpO4 eritmali yuvish sklyankasi; 2 — 40%-li NaON eritmali yuvish

sklyankasi; 3 — paxtali yuvish sklyankasi; 4 — kvarst naycha; 5 — namuna uchun

kayikcha; 6 — elektropech; 7 — tutashtiruvchi kvarst tirsak; 8 — absorber; 9 —

vakuum-nasosga ulash naychasi.


4– kvarst nay 7 – tirsakli ulamaga ulanadi. Xarakatlanadigan elektro pechka

950S temperaturagacha issiklik berilishi kerak. Pechdagi issiklik temperaturasini

xrom – alyuminiylik termopara va pirometrik millivoltmetr yordamida ulchanadi. Pechning temperaturasini boshkarish uchun LATR – 1 orkali bajariladi.

Absorber 8 gacha vakuum sistemasida xavoni surib olgich tezligini ulchovchi reometr ulangan bulishi kerak. Yondirish oldidan absorber 8 ga 150 ml distillanagan suv, 5ml vodorod pereksi va 7 ml 0,02n sulfat kislota eritmasi solingan bulishi kerak.

6-rasmda kursatilganidek kurilma yigiladi, erkin kvarstli naychani xamma

joyi berkitilgan bulishi kerak va sistemani germetikligi tekshirib kurilishi kerak.

Yopkichli kran orkali naycha yordamida tozalangan 1chi idishga vakuum - nasos

ulanadi. Agarda sistema germetik bulsa, absorbergacha tozalagan idishlaradagi

xavoni chikarib yubormaydi. Germetikligi tekshirilgandan sung pech kizdirish

uchun kushiladi va termopara uning urta kismiga urnatiladi.


Aniklash usuli.

Neft maxsuloti benzinni taxlil kilish uchun 0,05dan 0,2gr gacha mikdorda

namuna tarozida ulchab olinishi kerak. Shu jarayonda ishlatiladigan chinnidan

tayyorlangan kayikcha 5 vaznining ulchov xatoligi 0,0002gr. ortmasligi lozim.

Namuna kayikchaning xamma kismlarida bir xilda tekis taksimlangan bulishi kerak, keyin kayikchaga yaxshi maydalangan kushimcha tarzda 900 – 950Sda

toblantirilgan kum solinadi. Neft koksini yokish vaktida bunday kilish kerak emas. Tayyorlangan kayikchaga kvarstdan tayyorlangan naycha urnatilib, pechning oldingi tomoniga urnatiladi. Tikin orkali naychaning ochik kismini tezda yopib uni vakuum – nasosga ulaymiz. Nasos orkali xavoni surish tezligi 500ml/min bulishi kerak. Kachonki pech temperaturasi 900S ga etganda yonish boshlanadi. Doimiy tarzda pechdan chikayotgan issiklik kayikcha tomon intila boradi. Namunaning tula yonishi uchun 30– 40 min. isitish etarlidir. Shu vakt utgandan keyin pech va vakuum – nasos uchirilib, absorber xam ajratiladi. Sungra 26ml distillangan suv bilan birlashtiruvchi kvarst naycha tirsakli kismi yuvilib absorberga solinadi.

Bundan sung absorberni tarkibini uyuvchi natriy eritmasi bilan 0,02n.

Mikrobyuritka yordamida 8 tomchi aralashgan indikator tomizilib rangi to kizil-

binafshadan kungir yashil ranga kirguncha titrlaydilar. Xuddi shunday usul orkali

neftmaxsulotlarida tajribalar utkaziladi.

Tarkibidagi oltingugurtni kuyidagi formula bilan xisoblanadi.(mass.%).
x
V -uyuvchi natriyning 0,02n teng xajmi, tajriba uchun titrlashga

sarflanadigan.

V1 -tekshiriladigan tajriba uchun xajm, ml

0,00032 – 2li 0,02n.uyuvchi natriy eritmasiga teng bulgan oltingugurt, gr.



G - neft maxsulotining namunasi, gr.
Download 88.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling