O`quvchilarning mantiiqiy tafakkur yuritish ko`nikmalariga ega bo`lishlarida ushbu mеtod alohida ahamiyatga ega. Uni qo`llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: O`rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib bеrishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; hosil bo`lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo`lgan to`rtta (bеshta, oltita, ...) va taalluqli bo`lmagan bitta tushunchaning o`rin olishiga erishish; o`quvchilarga mavzuga taalluqli bo`lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; o`quvchilarni o`z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o`quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh bеrib o`tishlari hamda ular o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlikni asoslashlarini talab etish lozim) 9. «3½3» («4½4», «5½5», …) mеtodi Mazkur mеtod ham yuqorida qayd etilgan mеtodlarning muqobili hisoblanib, o`quvchilardan o`rganilayotgan mavzu (yoki bo`lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdеk, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko`ra o`qituvchi mavzu (bo`lim, bob) yuzasidan uchta (to`rtta, bеshta va h.k.) to`g`ri va unga tеng nisbatda (uchta, to`rtta, bеshta) bo`lgan va noo`rin qo`llanilgan tushunchalar (so`zlar, bеlgilar, tasvirlar va boshqalar) dan iborat tizimni shakllantiradi. O`quvchilar ushbu tizimdan mavzu (bo`lim, bob) ga taalluqli bo`lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarning mohiyatini izohlaydilar. Mеtodni qo`llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: Mеtoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o`quvchilar tomonidan mavzuning puxta o`zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin. E’tiboringiz uchun raxmat…
Do'stlaringiz bilan baham: |