Буйруқдан кўчирма
Download 86.83 Kb.
|
89-maktab olimpiada-2022 буйруқ
KATTAQO’RG’ON TUMAN 89-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI DIREKTORINING __-SONLI BUYRUG‘I «Umumta’lim fanlari olimpiadasining I – (maktab) bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ 4306- sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida: BUYURAMAN: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Fan olimpiadalarining birinchi bosqichi 2023-yil 15-30-sentabr kunlari “Umumiy o ‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik lisey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida o ‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin. Fan olimpiadalarining birinchi bosqichini o‘tkazish tashkiliy ko‘mitasi , appelyasiya (adolat) komissiyasi, hakamlar hay’ati, jadvali va rejasi 1, 2,3,4,5-ilovalarga asosan tasdiqlansin. 3. Maktab metod birlashmalari rahbarlariga: - umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadalarini birinchi bosqichini o‘tkazish tartibi va baholash me’zonlari bilan o‘qituvchilarni tanishtirish va amaliy yordam ko‘rsatish; - olimpiada o‘tkaziladigan fanlardan test, yozma ish, amaliy topshiriq materiallarini o‘qituvchilar hamkorligida tuzib chiqish, olimpiadani adolatli va odilona o‘tishini ta’minlash; - fanlar bo‘yicha g‘olib o‘quvchilarning xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda umumlashtirish va rasmiylashtirilgan holda 2023- yil 3-oktabriga qadar tuman MMTB bo‘limiga topshirish vazifalari yuklatilsin. 4. Ushbu buyruqni ijrosini nazorat qilish O‘IBDO‘ S.Haitov zimmasiga yuklatilsin. Download 86.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling