Credo school dtm namunaviy test


Download 0.92 Mb.
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1401218
  1   2   3
Bog'liq
##huquq-ingliz-4


CREDO SCHOOL DTM namunaviy test


Credo SCHOOL

SAVOLLAR KITOBI
Abiturient: ______________________________1000542_
Abiturientlar diqqatiga!

Test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini diqqat bilan varaqlab chiqing, unda har bir majburiy fanlardan 10 tadan, asosiy fanlardan 30 tadan savol (test) mavjudligiga ishonch hosil qiling. Agar savollar soni kamligi yoki xatoliklar mavjudligini


aniqlasangiz darhol auditoriya rahbariga xabar bering.
Test natijasini online ko’rish uchun:: t.me/piramidadehqonobod
Majburiy fanlar: Asosiy fanlar:
FAN 1 Ona tili FAN 4(3,1)___________
FAN 2 Matematika FAN 5(2,1)___________
FAN 3 O’zbekiston tarixi


Ilm-u ziyo” test servis bilan hamkorlikda!!!
Murojaat uchun: +998 90 864-44-95


ONA TILI
1. Porloq kelajagimiz yo‘lida tinmay harakat qilish atrofdagilarningmas, o‘zimizning qo‘limizda, albatta.
Ushbu gapda nechta fonetik o‘zgarish sodir bo‘lgan?
A) 4 B) 1 C) 3 D) 2
2.Meni u eshikka yaqinlashtirishmaydi.
Ushbu gapdagi qo‘llangan ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) Metafora B) Sinekdoxa
C) Metonimiya D) Vazifadoshlik
3. Bu orada u ham barcha dardlarini ular bilan bo‘lishdi.
Ushbu gapda qaysi unli tovushi qo‘llanmagan?
A) yuqori tor, til oldi, lablanmagan B) o‘rta keng, til oldi, lablanmagan
C) quyi keng, til orqa, lablangan D) quyi keng, til oldi, lablanmagan
4. Qaysi qatordagi so‘z birikmalar ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) non isi, harbiy xizmat, yoqimli hid
B) hunarli kishi, ahil oila, yog‘och qoshiq
C) kumush osmon, shishaning og‘zi, po‘lat iroda
D) ikki bola, shirin qovun, chuqur ko‘l
5. Qaysi so‘zlardagi o‘zaro paronimlik bir so‘z turkumi doirasida yuz bergan?
A) ta’qib-taqib B) sa’va-sava
C) qal’a-qala D) sur’at-surat
6. Qaysi javobda sinonim so‘zlar berilmagan?
A) hayo-nomus-ibo-iffat B) sabr-toqat-bardosh-matonat
C) olma-anor-gilos-anjir D) baxt-saodat-omad-iqbol
7. Alloh nazari tushgan jannatmakon ona zaminimiz dovrug‘i mustaqillik sharofati ila bugungi kunda butun dunyoga yoyilmoqda.
Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi ma’noda qo‘llangan?
A) kishilar qulog‘iga yetib bormoq, shu tarzda ma'lum va mashhur bo‘lmoq
B) taxlangan, o‘ralgan narsani ochmoq
C) tevarak-atrofga taralmoq, anqimoq
D) kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq
8. Tovush tushishi yuz bergan gapni toping.
A) Maktabda "O‘tkir zehnlilar" musobaqasi o‘tkazildi.
B) Hech bo‘lmaganidan kech bo‘lgani yaxshi.
C) Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman.
D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi.
9. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik kuzatiladi.
A) Xalq ganjidin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga,
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
B) Sen - shohlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim...
C) O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar...
D) Sen qalbimga cho‘ktirmay malol,
Charchagan ruhimga ilhom solursan.
10. To‘g‘ri yozilgan so‘zni aniqlang.
A) drama B) konstetutsiya C) monarhiya D) zulik
MATEMATIKA
11. Quyidagi grafik asosida to‘g‘ri ma`lumotni toping.

A) eng quyi harorat 24-martda kuzatilgan
B) eng quyi harorat 27-martda kuzatilgan
C) eng yuqori harorat 20-martda kuzatilgan
D) 20-martda haroratda 3 gradus bo‘lgan.
12. Yulduzchaning o‘rniga qaysi sonni qo‘yish mumkin?
5; 14; 41; 122; *; 1094
A) 224 B) 490 C) 243 D) 365
13. 12 t 36 sr 1236 kg necha kilogramm bo‘ladi?
A) 12351236 B) 136146
C) 16836 D) 16736
14. Bo‘luvchi 23, to‘liqsiz bo‘linma 17, qoldiq 19 ga teng bo‘lsa, bo‘linuvchini toping.
A) 430 B) 420 C) 405 D) 410
15. burchakni aniqlang.

A) 102 B) 78 C) 42 D) 123
16. Tenglamani yeching:
16x - 8x + 10 = 98
A) 12 B) 10 C) 11 D) 9
17. 3000 so‘mlik kartoshkadan 2 kg, 2000 so‘mlik piyozdan 3 kg olindi. 1 kg sabzavot necha so‘mdan tushgan?
A) 1000 B) 2400 C) 2000 D) 2500
18. Beton qorishmasi tayyorlash uchun 3 hissa qumga 2 hissa sement aralashtiriladi. 60 kg beton qorishmasi tayyorlash uchun necha kilogramm qum olish kerak?
A) 24 B) 36 C) 12 D) 48
19. To‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlari 12 m va 28 m bo‘lsa, uning perimetrini toping.
A) 40 B) 20 C) 80 D) 60
20. Ikkita javonda 180 ta kitob bor. 1- javondan 2-javonga 10 ta kitob olib qo‘yilgan edi, ikkala javondagi kitoblar soni teng bo‘lib qoldi. Har bir javonda nechtadan kitob bo‘lgan?
A) 100;80 B) 90;90
C) 120;60 D) 110;70
O’ZBEKISTON TARIXI
21. Mil. avv. V asrda yashagan yunon tarixchi Gerodotning “Tarix” asari necha kitobdan iborat?
A) 3 B) 5 C) 7 D) 9
22. Saklarning ko‘pchilik qismini qaysi guruhdagi saklar tashkil qilgan?
A) saka-tiay-taradarayya
B) saka-tigraxauda
C ) saka-xoumovarka
D) barchasi bir xil bo‘lgan
23. Sug‘diylar qaysi hududda yashagan?
A) Amudaryoning quyi oqirnida
B) Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida
C) Shimoliy Afg‘onistonda
D) O‘zbekistonmng janubiy viloyatlarida
24. Yunon manbalarida Amudaryoning quyi oqimi qanday nomda uchraydi?
A) Xvarizam B) Xvarzamun
C) Xvarazmish D) Xorazmiya
25. Samarqand shahrida buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga bag‘ishlab xalqaro konferensiya o‘tqazilgan sanani aniqlang.
A) 2014-yil 15-16-may kunlari
B) 2015-yil 10-11-aprel kunlari
C) 2016-yil 20-21-avgust kunlari
D) 2010-yil 27-28-mart kunlari
26. Qoraalpoq xalqining bijanaklar negizida xalq sifatida shakllanish tarixi boshlangan asrni aniqlang.
A) X asr B) VII asr
C) IX asr D) VIII asr
27. Ubaydullaxon II davrida qaysi voqea mamlakatdagi do‘kondorlar va hunarmandlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi?
A) Soliqlar miqdorining keskin oshirilishi
B) Yangdan-yangi soliqlarning joriy etilishi
C) Mamlakatga chet el tovarlarining kiritilishi
D) Tanga tarkibidagi kumushning kamayishi
28. Umarxon davrida Qo‘qon xonligining shimoliy chegarasi Rossiya sarhadlaridan …….
A) Boshqirdiston va Qashqarga ulandi
B) Tatariston va Qoshg’arga ulandi
C) Yorkent va Irtishga ulandi
D) Ko‘histon va Qashqarga ulandi
29. Ma’mun ibn Muhammad Kat shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag’darib, o‘zini Xorazm hukmdori – Xorazmshoh deb e’lon qilgan sanani aniqlang.
A) 980-yil B) 990-yil
C) 995-yil D) 997-yil
30. XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga ......... Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan.
A) 200-300 ming B) 500-600 ming
C) 700-800 ming D) 50-60 ming
HUQUQSHUNOSLIK
31. Jamiyatga oid ma'lumotlar toʻgʻri berilgan javobni toping.
1) Mavqei, ijtimoiy kelib chiqishi va qiziqishlariga koʻra birlashgan kishilar jamoasi;
2) Majbur qilish kuchiga ega boʻlgan mustaqil siyosiy tashkilot;
3) Biror bir maqsad yoʻlida doimiy harakatdagi tashkilot;
4) Ma'lum hududda yashovchi oʻz manfaatlarini birgalikda himoya qilish va ehtiyojlarini birgalikda qondirish uchun insonlarning birlashuvi.
A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 3, 4, 5
32. BMT Bosh Assambleyasi «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» ni qaysi yilda qabul qilinganini toping.
A) 1948-yil B) 1946-yil C) 1952-yil D) 1954-yil
33. Quyidagi atamalarning qaysi til(lar)dan olinganini belgilang.
a) yunon; b) arab; c) lotin.
1) monarxiya; 2) jamoa; 3) unitar;
4) respublika; 5) konfederatsiya.
A) (a) - 5; (b) - 2; (c) - 1, 3, 4 B) (a) - 2, 3; (b) - 1, 4, 5 C) (a) - 3; (b) - 2, 3, 4; (d) - 1 D) (a) - 1, 4; (b) - 2; (c) - 3, 5
34. Quyida berilganlardan qaysilari davlat siyosiy tartibotiga oid ekanligini aniqlang.
1) Monarxiya; 2) Totalitar;
3) Fashistik; 4) Respublika.
A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va 4 D) 1 va 3
35. Quyida berilganlardan qaysilari Konfederativ davlatga oid?
1) Mustahkam boʻlmagan tuzilma;
2) Alohida Konstitutsiya, oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining mavjudligi;
3) Ixtiyoriy birlashuv;
4) Yagona fuqarolikning mavjudligi;
5) Bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil boʻlgan murakkab, ittifoqdosh davlat;
6) Erkin ajralib chiqish huquq.
A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 6
36. Irlandiya davlat boshqaruv shakliga koʻra qanday davlat?
A) Mutlaq monarxiya B) Konstitutsiyaviy monarxiya C) Prezidentlik respublikasi D) Parlamentar respublika
37. Toʻgʻri ma'lumot berilgan javobni aniqlang.
1) Shaxs deganda oʻziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, bilim, koʻnikma, malakalarga ega, ma'naviy dunyosi boy boʻlgan inson tushiniladi;
2) Davlat tuzilish shakli monarxiya va respublika kabi turlarga boʻlinadi; 3) Davlat oʻz faoliyatini toʻlaqonli amalga oshirish uchun oʻz suverenitetiga ega boʻlishi lozim; 4) Oʻzbekistonni rivojlantirishning 4 ta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 2017-2021-yillarga moʻljallangan "Harakatlar strategiyasi" qabul qilingan. A) 3, va 4 B) 2 va 4 C) 1 va 3 D) 1 va 2 38. Davlat tuzilish shaklining qaysi shaklida "nulifikatsiya qilish" atamasi uchraydi? A) Unitar davlat B) Parlamentar davlat C) Konfederativ davlat D) Nodemokratik davlat 39. Quyidagilardan qaysi biri davlatning tashqi funksiyalariga muvofiq kelmaydi? A) xalqaro iqtisodiy faoliyat B) tashqi xavf-xatardan mudofaa C) fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash D) tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash 40. Konstitutsiyaning qaysi moddasida "Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri", deya e'tirof etilgan? A) 12-modda B) 6-modda C) 3-modda D) 23-modda 41. Sohibqiron Amir Temur davlati - ... A) anarxiya B) respublika C) monarxiya D) unitar 42. Toʻgʻri javobni toping. A) Davlatni huquqqa boʻlgan munosabatiga qarab huquqiy va oraliq turlarga boʻlish mumkin B) Davlat siyosiy rejimiga koʻra monarxiya va respublika turlariga boʻlinadi C) Davlat tuzilish jihatidan etatik va huquqiy davlatga boʻlinadi D) Davlat boshqaruv shakliga koʻra demokratik va nodemokratik turlarga boʻlinadi 43. Unda oʻzgacha fikrlarga qarshi kurashiladi, saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatlari boʻlmaydi. Alohida koʻrsatilgan yozuv nimaga ishora qilayotganini toping. A) Fashistik tartibotga B) Etatik davlatga C) Oraliq davlatga D) Totalitar tartibotga 44. Davlatning ichki funksiyalariga oid iqtisodiy (a) va siyosiy-huquqiy (b) vazifalari toʻgʻri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. 1) Pul aylanmasi ustidan nazorat; 2) Zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlarni boshqarish; 3) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish; 4) Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yoʻlga qoʻyish; 5) Tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlash;
6) Aholining huquq va erkinliklarini ta'minlash.
A) (a) - 2, 4; (b) -3, 5 B) (a) - 2, 3; (b) -5, 6 C) (a) - 1, 3; (b) -2, 4 D) (a) - 1, 4; (b) -3, 6
45. Qaysi qatorda monarxiyaning asosiy belgilari toʻgʻri koʻrsatilgan?
1) Umrbod boshqaruv;
2) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
3) Hokimiyatni oʻrnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjudligi;
4) Hokimiyat oliy idoralarining saylab qoʻyilishi;
5) Yakka boshqaruv.
A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5
46. Hozirda jahonda 20 tadan koʻproq ... davlatlar mavjud.
A) Etatik
B) Federativ
C) Konfederativ D) Parlamentar monarxiya
47. Daniya (a) va Argentina (b) davlat boshqaruv shakliga koʻra qanday davlatlar hisoblanadi?
A) (a) - konstitutsiyaviy monarxiya,

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling