Буйрук № дан кучирма


Download 49.5 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1181807
Bog'liq
7-sinf O`RTA OSIYO IQLIMI





O`RTA OSIYO IQLIMI


7-sinf uchun geografiya fanidan bir soatlik dars ishlanmasi


Darsning ta`limiy maqsadi: O`rta Osiyo iqlimiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar yuzasidan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish .
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni yashayotgan joyga, tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni avaylab-asrashga o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning dunyoqarashini, tafakkurini o`stirish, geografiyaga oid asosiy tushunchalarni ajrata olishga, amalda qo`llashga o`rgatish.
O`quv jarayonining mazmuni: 1) iqlimga ta`sir ko`rsatuvchi omillar; 2) o`lkaning geografik o`rni va Quyosh radiatsiyasi; 3) havo massalari.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Usul: Aqliy hujum ,” Loyiha” , “Klaster” texnologiyasi.
Shakl: Yangi bilim beruvchi dars , jamoaviy shakl.
Vosita: O`rta Osiyo tabiiy xaritasi, atlas, yozuvsiz xarita, globus, kodoskop, ko`rgazmali materiallar, testlar, darslik, konspekt.
Nazorat: Kuzatish, o`z-o`zini boshqarishni talab qilish.
Baholash: Reyting usulida.
O`qituvchidan kutiladigan natija: To`plangan manbani tahlil qilish orqali tushuntirishga, o`quv jarayonining mazmunini o`quvchi ongiga yetkazishga erishadi. U kelgusida qo`shimcha adabiyotlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yangiliklardan xabardor bo`lib boradi, oquv mashg`ulotlarini turli texnik vositalardan foydalanib, individual topshiriqlar berish orqali tashkil qiladigan bo`ladi.
O`quvchilardan kutiladigan natija: Iqlimga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni, quyosh radiatsiyasini o`rganadi, asosiy havo massalarini bilib oladi. Ular kelgusida qo`shimcha adabiyotlardan foydalanadigan, yozuvsiz xaritada mustaqil ishlaydigan, olgan bilimlarini mustaqil bayon etadigan bo`ladi.
Darsning borishi: Tashkiliy qismda o`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi, tozalik tekshiriladi. Ob-havo, geografik atamalar haqida savol-javob o`tkaziladi.
O`quvchilar uch guruhga bo`linadi. Tezkor savol-javob asosida ularning o`tilgan mavzuni o`zlashtirish darajasi aniqlanadi:

  1. O`rta Osiyo hududi necha qismga bo`linadi?

2. O`rta Osiyoning eng past nuqtasi qaysi?
3. O`rta Osiyoning eng baland nuqtasi qaysi?
4. O`rta Osiyoning eng katta tekisligini ayting.
5. O`rta Osiyoning yirik cho`llarini bilasizmi?
6. O`rol va Kaspiy dengizlari oralig`ida qaysi plato joylashgan?
7. O`rta Osiyoni qaysi tomondan tog`lar o`rab turadi?
8. Pomir tog`ining eng baland cho`qqisini ayting.
9. O`rta Osiyoning eng uzun muzligini bilasizmi?
10. O`ta Osiyoning janubiy qismi qaysi tog` bilan o`raglan?
Guruhlarning savol-javob jarayonidagi ishtiroki baholanadi.
Yangi mavzuning bayonida o`qituvchi tomonidan O`rta Osiyoning iqlimi, uning rang-barangligi, vujudga kelishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, joining geografik o`rni, relf tuzilishi, havo massalarining harakati, quyosh radiatsiyasi haqida ma`lumot beriladi. O`lka iqlimini hosil qiluvchi bu omillar alohida-alohida tushuntiriladi.
So`ngra o`quvchilar bilan “Kim tez bajaradi?” musobaqasi o`tkaziladi. Unda “Loyiha” texnologiyasi asosida guruhlar bilimi sinaladi. Har bir guruhga O`rta Osiyoning ko`mir, oltin, tabiiy gaz konlari qayerda joylashganligini aniqlash bo`yicha jadval tarqatiladi.



Foydali qazilma nomi

Qayerda joylashgan?

Kon nomi


Ko`mir







Oltin







Tabiiy gaz







Guruhlar topshiriqni tez va to`g`ri bajarishiga qarab baholanadi.


Tashkil qilinadigan “Tez toping” o`ynida o`quvchilar so`zlardagi tirelar o`rniga harf qo`yib, daryolar nomini keltirib chiqarishi kerak bo`ladi.
1. A_ _d_ r_.
2. A _a z_ n__a.
3. N_ l.
4. M_ s_ i s_ p_.
Tez aytish” musobaqasida guruhlarning tezkor topqirligi sinaladi.
1. Briz – bu nima?

  1. Aysberg – bu nima?

  2. Jungli – bu nima?

  3. Savanna – bu nima?

O`qituvchi guruhlarning darsdagi ishtirokini izohlaydi, umumiy natijalar asosida g`olib guruhni aniqlaydi va darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholaydi. Ularga topshiriqlar berib, darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa: Iqlim xaritasini o’rganish, yozuvsiz xaritada ishlash.



Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling