Буйрук № дан кучирма
Download 49.5 Kb.
|
7-sinf O`RTA OSIYO IQLIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayerda joylashgan
O`RTA OSIYO IQLIMI 7-sinf uchun geografiya fanidan bir soatlik dars ishlanmasi Darsning ta`limiy maqsadi: O`rta Osiyo iqlimiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar yuzasidan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish . Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni yashayotgan joyga, tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni avaylab-asrashga o`rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning dunyoqarashini, tafakkurini o`stirish, geografiyaga oid asosiy tushunchalarni ajrata olishga, amalda qo`llashga o`rgatish. O`quv jarayonining mazmuni: 1) iqlimga ta`sir ko`rsatuvchi omillar; 2) o`lkaning geografik o`rni va Quyosh radiatsiyasi; 3) havo massalari. O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Usul: Aqliy hujum ,” Loyiha” , “Klaster” texnologiyasi. Shakl: Yangi bilim beruvchi dars , jamoaviy shakl. Vosita: O`rta Osiyo tabiiy xaritasi, atlas, yozuvsiz xarita, globus, kodoskop, ko`rgazmali materiallar, testlar, darslik, konspekt. Nazorat: Kuzatish, o`z-o`zini boshqarishni talab qilish. Baholash: Reyting usulida. O`qituvchidan kutiladigan natija: To`plangan manbani tahlil qilish orqali tushuntirishga, o`quv jarayonining mazmunini o`quvchi ongiga yetkazishga erishadi. U kelgusida qo`shimcha adabiyotlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yangiliklardan xabardor bo`lib boradi, oquv mashg`ulotlarini turli texnik vositalardan foydalanib, individual topshiriqlar berish orqali tashkil qiladigan bo`ladi. O`quvchilardan kutiladigan natija: Iqlimga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni, quyosh radiatsiyasini o`rganadi, asosiy havo massalarini bilib oladi. Ular kelgusida qo`shimcha adabiyotlardan foydalanadigan, yozuvsiz xaritada mustaqil ishlaydigan, olgan bilimlarini mustaqil bayon etadigan bo`ladi. Darsning borishi: Tashkiliy qismda o`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi, tozalik tekshiriladi. Ob-havo, geografik atamalar haqida savol-javob o`tkaziladi. O`quvchilar uch guruhga bo`linadi. Tezkor savol-javob asosida ularning o`tilgan mavzuni o`zlashtirish darajasi aniqlanadi: O`rta Osiyo hududi necha qismga bo`linadi? 2. O`rta Osiyoning eng past nuqtasi qaysi? 3. O`rta Osiyoning eng baland nuqtasi qaysi? 4. O`rta Osiyoning eng katta tekisligini ayting. 5. O`rta Osiyoning yirik cho`llarini bilasizmi? 6. O`rol va Kaspiy dengizlari oralig`ida qaysi plato joylashgan? 7. O`rta Osiyoni qaysi tomondan tog`lar o`rab turadi? 8. Pomir tog`ining eng baland cho`qqisini ayting. 9. O`rta Osiyoning eng uzun muzligini bilasizmi? 10. O`ta Osiyoning janubiy qismi qaysi tog` bilan o`raglan? Guruhlarning savol-javob jarayonidagi ishtiroki baholanadi. Yangi mavzuning bayonida o`qituvchi tomonidan O`rta Osiyoning iqlimi, uning rang-barangligi, vujudga kelishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, joining geografik o`rni, relf tuzilishi, havo massalarining harakati, quyosh radiatsiyasi haqida ma`lumot beriladi. O`lka iqlimini hosil qiluvchi bu omillar alohida-alohida tushuntiriladi. So`ngra o`quvchilar bilan “Kim tez bajaradi?” musobaqasi o`tkaziladi. Unda “Loyiha” texnologiyasi asosida guruhlar bilimi sinaladi. Har bir guruhga O`rta Osiyoning ko`mir, oltin, tabiiy gaz konlari qayerda joylashganligini aniqlash bo`yicha jadval tarqatiladi.
Guruhlar topshiriqni tez va to`g`ri bajarishiga qarab baholanadi. Tashkil qilinadigan “Tez toping” o`ynida o`quvchilar so`zlardagi tirelar o`rniga harf qo`yib, daryolar nomini keltirib chiqarishi kerak bo`ladi. 1. A_ _d_ r_. 2. A _a z_ n__a. 3. N_ l. 4. M_ s_ i s_ p_. “Tez aytish” musobaqasida guruhlarning tezkor topqirligi sinaladi. 1. Briz – bu nima? Aysberg – bu nima? Jungli – bu nima? Savanna – bu nima? O`qituvchi guruhlarning darsdagi ishtirokini izohlaydi, umumiy natijalar asosida g`olib guruhni aniqlaydi va darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholaydi. Ularga topshiriqlar berib, darsni yakunlaydi. Uyga vazifa: Iqlim xaritasini o’rganish, yozuvsiz xaritada ishlash. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling