Bularga rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiy jihatdan kam taminlangan


Yer kadastri. Uning mohiyati va ahamiyati


Download 120.46 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi120.46 Kb.
#1579316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruxsora

4. Yer kadastri. Uning mohiyati va ahamiyati.
Kadastr “soliqqa tortiladigan ashyolar ro‘yxati” degan ma’noni anglatadi (lotincha – kaditastrum – ro‘yxat). Dastlab kadastr yer solig‘i manbaiga oid kitob (reestr) sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik u davlatning hisobga olish, baholash tadbirlari tuzilishini ifodalaydigan bo‘ldi.
Muayyan hududdagi yer resurslarini doimiy kuzatib, yerning tabiiy, iqtisodiy va huquqiy holati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plashga va shu asosda yerni sifat jihatdan baho berishga yer kadastri deyiladi. Yer kadastri yerdan foydalanishni va foydalaniladigan yerlarni hisobga oladi, yerlarni iqtisodiy jihatdan baholaydi va ularning qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Yer kadastri yer tuzish, qishloq xo‘jaligini rejalashtirish, melioratsiya va soliqlarni hisoblashning ilmiy negizidir2.
Bugungi kunda yer kadastri yerning tabiiy holati, xo‘jalik va huquqiy ahvoli to‘g‘risidagi uzluksiz takomillashib boradigan ishonchli ma’lumotlar tizimi hisoblanadi.
Yer kadastrining asosiy tarkibiy qismlariga yer uchastkalariga oid huquqlarni ro‘yxatga olish, yerning miqdori va sifatini baholash kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanishni tartibga solish maqsadida yer kadastri qabul qilingan.
Ma’lum bir davlat va uning ma’muriy birliklarida yer resurslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkazilib boriladigan kuzatishlar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarning yig‘indisiga kadastr deb ataladi. Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o‘rmon va boshqalar bo‘yicha ham tuziladi.
Yer kadastri-yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resurslarining tabiiy, xo‘jalik, hududiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer maydonlarining o‘rni, o‘lchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda xujjatlar majmui.
Yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiyaga oid izlanish va tadqiqotlarni o‘tkazish;
-yerlarni miqdor va sifat jihatdan (ya’ni, yerning sifatini relef, tuproq turlari va ularning unumdorligi, o‘simlik qoplami, shamol va suv eroziyasiga moyillik darajasi, oziq moddalar bilan ta’minlanish, sho‘rlanish va b. bo‘yicha) hisobga olish va baholash;
-yuridik va ijtimoiy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish;
-yerlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi davlat xizmat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
-yerlarning holati, mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish;
-tuproqning eng muhim tabiiy xususiyatlarini hisobga olish;
-yerni iqtisodiy jihatdan baholash.
Yerning sifati tuproqning muayyan vaqtdagi holati (unumdorligi, shamol va suv eroziyasi, sho‘rlashishga moyilligi, meliorativ holati)ga qarab baholanadi. Mana shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari va ekinlar maydonidagi tegishlicha o‘zgarishlar yil nihoyasidagi yakuniy hisobotlarga kiritib boriladi va qat’iy tartibga solib turiladi.
Yer kadastri ma’lumotlari asosida mamlakat va uning ma’muriy-hududiy birikmalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtiriladi, mulkchilikning turli xil shakllariga ega bo‘lgan xo‘jaliklar faoliyati va ularning ishlab chiqarish hajmlari, mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati bir-biriga yaqinlashtiriladi. Sarflanayotgan sarmoyalar samaradorligi, shuningdek korxonalarning iqtisodiy inqirozga yuz tutishi natijasida kelib chiqadigan zararni aniqlash ko‘zda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yer qonunchiligiga muvofiq Davlat yer kadastrning asosiy vazifasi yerdan oqilona va samarali foydalanish, yer munosabatlari va yer tuzilishini qat’iy tartibga solish soliq, va to‘lovlar miqdorini asoslash, xo‘jaliklar faoliyatini baholash va bu ma’lumotlarni vazirlik, hokimiyat, tashkilot, muassasa, xo‘jaliklar va fuqorolarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Davlat yer kadastri yerning huquqiy holati, yerni yuridik va jismoniy shaxslarga taqsimlash, yer toifalari va ularning sifati, iqtisodiy ahamiyati va boshqa ma’lumotlar xujjatlar tizimidan tarkib topgan.
Yer tuzish respublikada vazirlik, hokimiyat boshqarmalari va qishloq xo‘jaligi korxonalari buyurtmalariga ko‘ra o‘tkaziladi. Bunda korxonalarning yerdan foydalanish, sog‘lom ekologik muhitni shakllantirish, tabiiy va antropogen ladshaftlar holatini yaxshilashga qaratilgan choralar tizimi qo‘llaniladi.
Ma’lumki, yer kadastrining asosiy maqsadi yerning sifatini baholash hisoblanadi. Yerning muayyan davrda tuproq holati (uning turi, ko‘rinishi, unumdorligi), qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ekinlar tarkibining o‘zgarishi (shamol va suv eroziyasi, yerning meliorativ holatining yomonlashishi, sho‘rlashishi)ga qarab belgilanadi. Bu o‘zgarishlar yillik yakuniy hisobotlarda yer balansiga kiritiladi va tartibga solib boriladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ayniqsa, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yomonlashganda, yerlar eroziyaga uchraganda, transport va aloqa yo‘llari o‘tkazilganda, sanoat va maishiy-xizmat korxonalari qurilganda ekin maydonlariga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi.
Yer kadastri mamlakat bo‘yicha yagona tizimga ega bo‘lib, unda yerning aniq maydoni va sifati, tabiiy, xo‘jalik va hududiy holati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bo‘ladi.
Yer kadastrining asosini tuproq bonitirovkasi tashkil etadi.
Download 120.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling