Bulutli texnologiyalar va ularni o`quv jarayoniga qo`llash
Download 497.87 Kb.
|
Bulutli texnologiyalar va ularni o`quv jarayoniga qo`llash
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob. Bulutli texnologiyaning avzalliklari va kamchiliklari
Bulutli texnologiyalar va ularni o`quv jarayoniga qo`llash Reja:
Asosiy qism I-bob. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va vujudga kelish jarayoni Bulut texnologiyasining yaratilishi va modellari Bulutli texnologiyalar rivojlanishining asosiy yo’nalishlari II-bob. Bulutli texnologiyaning avzalliklari va kamchiliklari Bulutli texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish Bulutli taʻlim tizimini tashkillashtirishni o‘rganish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev o’zini O’zbekiston Respublikasini rivojlanishini keyingi bosqichlarida zamonaviy texnalogiyalarini ishlab chiqarishga, kundalik turmushda keng joriy qilish zarur ekanligini ko’rsatib o’tdi. Bugungi kunda «bulutli» texnologiyalar barcha rivojlangan mamlakatlarda faol qo’llanilmoqda. Ular biznes, menejment, ta’lim va tadqiqot uchun innovatsion, tejamkor imkoniyatlarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda ma’lumotlarning juda tez o’sishi, bilimning o’zi o’z-o’zidan maqsad bo’lib qolmoqda, ular shaxsning, kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartlaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda bulutli texnologiyalarni o’rganish alohida ahamiyatga ega: — bir kishining bir nechta kompyuterlarda ma’lumotlari bor masalan: ishdagi kompyuterda, uydagi kompyuterda, noutbuklarida, planshetlarida, ular orasida doimiy ravishda fayllarni uzatish, hujjatlarni ochish va tahrirlash uchun, dasturiy ta’minotlarning muvofiqligi haqida bilimlarga ega bo’lishi kerak; — kompyuterning qattiq diski yoki flesh-kartalarining cheklangan hajmini bilish; — dasturiy ta’minot litsenziyasiga ega bo’lish zarurati; Bulutli texnologiyalarning o’ziga nazar tashlaydigan bo’lsak — bu ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari bo’lib, unda kompyuter resurslari Internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladi. Bu yerda «bulut» so’zi barcha texnik tafsilotlarni yashiradigan murakkab infratuzilmaning metaforasi sifatida ishlatiladi. Bugungi kunda bulutli hisoblash har bir shaxs deyarli har kuni foydalanadigan narsadir. Bulutli texnologiyalarning tez tarqalishi biz uchun bulutli xizmatlarni ta’lim muassasasi tizimiga integratsiya qilishda qiyinchilik tug’dirmoqda. Bulutli hisoblash ta’lim, tadqiqot va amaliy ishlanmalar va masofaviy ta’limda keng qo’llanilishi istiqbollariga ega. Ta’lim tizimida bulutli texnologiyalardan foydalanish ta’lim maydonini ochiq qilish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda ma’lumotlarning juda tez o’sishi, bilimning o’zi o’z-o’zidan maqsad bo’lib qolmoqda, ular shaxsning, kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning shartlaridan biri hisoblanadi. Download 497.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling