Bunda so’z yasalishining ikki: a affiksatsiya va b kompozitsiya usuli qiziquvchilarning asosiy e’tiborida bo’ldi va aksariyat hollarda mazkur usul asosida so’zlar tahlil qilindi


Download 33.4 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi33.4 Kb.
#1393168
  1   2   3   4
Bog'liq
1 2O’zbek tilida so’z yasalishi yoxud attributiv qo’shma so’zlarning (3)


1.2. O’zbek tilida so’z yasalishi yoxud attributiv qo’shma so’zlarning o’rganilishi
Ma’lumki, o’zbek tilida ingliz tilidagi (1.1) kabi qo’shma so’zlar o’rganilishida va ularning tavsiflanishida ham turli xil ilmiy-nazariy qarashlar, mavzuga turfa qirralardan turib yondashishlar va aksariyat qismida muayyan e’tirozga loyiq va qusurli xulosalar mavjud. Masalaga o’z nuqtai nazarimizni ko’rsatish va bu borada shaxsiy fikr-mulohazalar bildirish uchun dastavval tilimizda “so’z yasalishi” va uning tavsifiga tarixiy-tadrijiy nuqtai nazardan muhtasar to’xtalamiz. Chunonchi, o’zbek tilshunosligida so’z yasalishi masalasining astoydil o’rganilishi tadqiqotlarga ko’ra XX asrning birinchi yarmiga borib taqaladi. Chunonchi, o’zbek tilida so’z yasalishi nazariyasi va amaliyoti haqidagi dastlabki ilmiy ishlar bilan qiziqqan tilshunoslar (XX asrning 40-50-yillari) tilimiz morfologiyasi, yoxud so’z yasalishi hamda so’zlarning morfem tuzilishini taqlidan (rus tiliga) o’rganilganini qayd qilishadi. “Ikkinchi bosqich (XX asrning 60-80-yillari) doirasida morfemika va so’z yasalishi til qurilishida alohida sath va shu sathni o’rganadigan mustaqil soha (bo’lim) sifatida e’tirof etildi”.1 Bunda so’z yasalishining ikki: a) affiksatsiya va b) kompozitsiya usuli qiziquvchilarning asosiy e’tiborida bo’ldi va aksariyat hollarda mazkur usul asosida so’zlar tahlil qilindi. E’tiborlisi shundaki, tilimizda mazkur masalning o’rganilishi tarixi davomida so’z yasalishiga e’tibor qaratilgan ilk ishlardan boshlab, to XX asrning oxirlariga qadar yaratilgan ilmiy tadqiqotlarda ham so’zlar faqat va faqat (yuqorida nomlanilgan) ikkita usulda yasalib kelingani va shu asnoda tahlil qilingani umumma’lum. Ta’kidlanishi lozimki, morfematik tahlilga bunday yondashishga deyarli barcha tilshunoslar hayrixoh bo’lishgan va ilmiy ishlarida bu usuldan foydalanishni yakdillik bilan qabul qilishgan. 2
_____________________________________________________________________________________________
1. G. Saidova, “Umumta’lim maktablarida so’z yasalishini o’qitish metodikasi”, Toshkent-2018, 6bet.
2. Galiyevich Fazliddin Sharipov, Aliqulova Mohichehra Bektemir qizi, “So’z yasalish tarixiga doir munosabat”, Academic Research in educational sciences-2021, Scientific Journal Impact Factor, 1640-bet.
Qizig’i shundaki, milliy tilshunosligimizda bu fenomenon hodisa bir safar aniq “so’z yasash” va ikkinchi safar esa majhul “so’z yasalish” terminlari ostida nomlanilib kelingan. Ularni farqlash va har birini alohida ta’riflash lozim ko’rilmagan, masala mohiyati umumtushunarli deb qaralgan. “So’z yasash va so’z yasalishi” terminlari ostida bir narsa- so’zlar qurilishi tushunilgan, alohida ta’rifga hojat sezilmagan. Ularning hozirigi kundagi ta’rifiga to’xtaladigan bo’lsak, u atoqli o’zbek tilshunoshi Azim Hojiyev nomi bilan bog’liq. Olim bu terminlarni o’z davrida juda aniq sharhlagan. U yozadi: “… ‘So’z yasash’ birikmasi ikki ma’noga ega: 1) umuman, yangi so’z hosil qilish; 2) til birliklari yordamida, ma’lum usul bilan so’z hosil qilish. Ana shu (ikkinchi) ma’nosi bilan “so’z yasash” birikmasi lingvistik termin hisoblanadi, lingvistik tushunchani bildiradi… “so’z yasalishi” termini ham ikki ma’noga ega: 1) tilshunoslik sohasi ma’nosi; 2) yuqorida ta’rifi berilgan “so’z yasash” terminining majhul nisbat shakli va ma’nosi”.1
Azim Hojiyev sharhi lo’ndaroq izohlaniladigan bo’lsa, u “so’z yasash” da hosil qilingan yangi so’zlar va so’z hosil qilish usullarini tushunadi, “so’z yasalishi” ni esa tilshunoslikning so’zlar qurilishi bo’yicha tadqiqot sohasi deb qaralishini hamda so’zlarni yasovchi xalq va ularni tahlil qiluvchi taqdiqotchilar nazarda tutulishini inobatga oladi.
Tilshunosligimizda “so’z yasash usuli” borasida ko’p ishlar qilingan, u haqda ham ko’p ishlar qilingan, turfa fikr-mulohazalar bildirilgan. Qiziqarlisi shundaki, “usulga” va undan “foydalanishga” tilshunoslar o’z “bilganlaricha” yondashishgan. Natijada, hodisa mohiyati aniq tushunilmagan, ta’riflar soni va sifati jihatidan yakdil bir fikrga kelinmagan. Jumladan, o’zbek tili morfologiyasida so’z yasash usullari ostida 3 xil yondashuv: 1) grammatik so’z yasash (affiksatsiya va kompozitsiya) 2) leksik-semantik so’z yasash (ma’no o’zgarishi orqali) 3) fonetik so’z yasash tushuniladi. 2
_____________________________________________________________________________________________
1. Azim Hojiyev, “O’zbek tili so’z yasalishi tizimi”, O’qituvchi, Toshkent-2007, 5-bet.
2. “O’zbek tili grammatikasi, ikki tomlik, I tom, Morfologiya, T., “Fan” nashriyoti, 1957, 22-23-betlar.
Ikkinchi bir adabiyot (darslik) da esa so’z yasash usullarini 5 turga bo’lib o’rganish tavsiya qilinadi. Bunda 1) affiksatsiya usuli; 2) fonetik usul; 3) semantik usul; 4) kompozitsiya usuli; 5) abbreviatsiya usullari nazarda tutiladi. Bundan affiksatsiya usuli o’zbek tilida so’z yasashning eng unumli usullardan biri ekanligi ta’kidlanib, misol sifatida suvchi, to’siq, ko’pay, tuzla kabi til birliklari qayd qilinadi. Fonetik usulni asosan urg’u bilan aloqador ekanligi ta’kidlanilib, so’z urg’usini ko’chirish orqali yasalgan yangi so’zlarga izoh beriladi: hozir so’zida urg’u birinchi bo’g’inga tushib, paytni bildirsa, ikkinchi bo’g’inda esa ‘tayyor’ ma’nosini olishi aytiladi. Semantik usul yordamida so’z yasash tarixiy taraqqiyot jarayonida tildagi ayrim leksik ma’nolar orasidagi bog’lanishning yo’qolib ketishi, so’zning ayrim shakllarda yangi leksik ma’noni yuzaga kelish kabi hodisalar ro’y berishi ko’rsatilib, yupqa- qalin emas (yupqa qog’oz), yupqa- xamir ovqatning nomi, yupqa- faqirona, boy bo’lmagan (qo’li yupqa), yupqa- ingichka (yupqa tomoq-bo’yinga nisabatan) lug’atlarda ma’nolarda uchrashi izohlanilgan. Kompozitsiya usulida ikki yoki undan ortiq so’zning qo’shilishi orqali yangi so’z yasalishi (mullajiring, gultojixo’roz) ta’kidlaniladi. Abbrevatsiya usulida turg’un birikma tarkibidagi qismlar qisqartirilishi (BMT, UrDU) nazarda tutiladi .1
Yuqorida qayd qilganimizdek, Azim Hojiyev “so’z yasash” va “so’z yasalishi” terminlarini umuman olganda muqobil atamalar sifatida tushunilishini va farqi bu terminlar fe’llarning aniq va majhul nisbat shakllarida qo’llanilishini ta’kidlaydi: “So’z yasalishi, tilshunoslikning alohida sohasi (bo’limi) sifatida, so’z yasash va u bilan bog’liq birliklar, hodisalar haqidagi, umuman aytganda, so’z yasalishi tizimi haqidagi ta’limotdir ”.2 Mazkur ta’rifdan xulosa chiqarish mumkinki, so’z yasalish termini ostidan endi nafaqat yangi so’z hosil qilish yoki so’z yasashda muayyan bir usulni qo’llash, balki tilshunoslikda so’z yasalishining sistemasini o’rganuvchi ta’lim sohasi yaratish zarur. Shu ma’noda bu soha tilshunoslikning grammatika, leksikologiya, frazeologiya, anomasiologiya va semasiologiya sohalari kabi til o’rganish fanlariga aylanadi.
1. U. Tursunov, A. Muhtorov, Sh. Rahmatullayev, “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, O’zbekiston-1992, 202-bet.
2. Azim Hojiyev, “O’zbek tili so’z yasalishi tizimi”, O’qituvchi, Toshkent-2007, 5-bet.
Asosiy e’tibor shundaki, “so’z qurilishi”ga zamonaviy o’zbek tilshunosligida til tarkibidagi o’ziga hos alohida tizim deb qaraladi. 1
So’z yasalishi bo’yicha tizimli ilmiy yondashuv A. G’ulomovning “O’zbek tili ilmiy grammatikasidan materiallar” ishidan boshlandi desak, adashmagan bo’lamiz. Chunki olim bunda so’z yasalishi masalasiga qisman to’xtalib o’tgan bo’lsa, 1944 hamda 1947- yillarda so’z yasovchi “-la affiksi haqida”, undan keyin “-dosh affiksi haqida” gi maqolalarda qo’shimchaning ma’nolari va ulaning umumiy xususiyatlari haqida ikkitadan, undan sal oldin “-ka affiksi haqida”, “So’z yasalishida o’zakdagi o’zgarishlar” va “O’zbek tilida so’z yasash yo’llari” (G’ulomov, 1949) maqolalarini e’lon qildi.
Xuddi shu tarzda 50-yillargacha bir nechta ilmiy asarlar va darsliklarda ham so’z yasalishi masalalariga to’xtalib o’tdi va 1955-yilga qadar “O’zbek tilida affiksatsiyaning ayrim masalalari” (1953), “О правописании сложных слов” hamda “O’zbek tilida adverbalizatsiya masalasi haqida” (1954) maqolalarini e’lon qildi.2
Tilshunosligimizda so’z yasalishiga bir tomonlama qarashlar ham mavjud. Ba’zi olimlar so’z yasalishi ostida affikslarni inobatga olsa, ayrimlari yasama so’zlarni nazarda tutishadi. Masalan, A.G’ulomov o’zbek tilida so’z yasash yo’llari haqidagi 50 sahifalik mashhur maqolasida “So’z yasash termini, dunyo tillarida so’z yasash usullarining bir qancha xil bo’lishiga qaramay, bizning ongimizda, odatda, affiks orqali yangi so’zning muomalaga kirishi tushuniladi, chunki u hozirgi tillarda eng ko’p qo’llaniladigan, juda singib ketgan usuldir.” 3 Tilshunos G. Saidova esa “So’z yasalishi tilshunoslikning ayrim bir bo’limi sifatida so’zlarning yasalishini (yasama so’z), yangi leksik birlik hosil qilishning qonun-qoidalarini,
_______________________________________________________________________________________________________
1. Saidova Gulnoza, “Umumta’lim maktablarida so’z yasalishini o’qitish metodikasi”, Toshkent-2018, 8-bet.
2. F. Sharipov, “Ayyub G’ulomovning so’z yasalishiga doir qarashlari”, Guliston davlat universiteti, 2019, 3-bet.
3. F. Sharipov, M. Aliqulova “So’z yasalish tarixiga doir munosabat”, Guliston davlat universiteti, Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021
vositalarini, so’z yasalishi strukturasini (tarkibini) tadqiq qiladi va bu sohaning obyekti yasama so’zdir” 1 deydi.
Yuqoridagi fikrlar turli xil izohlar orqali ifodalanayotgan bo’lsada, masalaning umumiy mohiyati sharhida yakdillik bor, barchasi so’z yasalishida morfemalar asosiy rol o’ynashini ta’kidlaydilar, morfemalarni so’z qurilishining muhim elementi deb biladilar. Darhaqiqat, morfemalar majoziy ma’noda so’z qurilishining asosiy g’ishtlaridir. Morfologik jihatdan ular o’z navbatida affikslar (prefix va suffikslar) deb nomlaniladi. Tabiiyki, prefiks va suffikslarning yasama so’z qurilishidagi roli deyarli ayni. Ularning biri old tomondan (
Download 33.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling