Bunda so’z yasalishining ikki: a affiksatsiya va b kompozitsiya usuli qiziquvchilarning asosiy e’tiborida bo’ldi va aksariyat hollarda mazkur usul asosida so’zlar tahlil qilindi


qizil olma (meva rangi), issiq xona


Download 33.4 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi33.4 Kb.
#1393168
1   2   3   4
Bog'liq
1 2O’zbek tilida so’z yasalishi yoxud attributiv qo’shma so’zlarning (3)

qizil olma (meva rangi), issiq xona (xona harorati), oq soch (soch rangi). Misollardan ko’rinib turibdiki, nomlangan narsalar mavjudligi nuqtai nazaridan (olma, xona, soch) bir va yagona, biroq qizilni olmadan, issiqni xonadan, oqni sochdan ajratib bo’lmaydi, yoxud qizil alohida, issiq alohida, oq alohida mavjud emas, ular mavhum. Endi bu birikmalardan qo’shma so’zlar yaratilsa, yoxud qo’shib yozilsa ularning ma’nolari tubdan o’zgarib, kundalik hayotimizdagi uchinchi bir narsa va hodisani atashadi, ko’rsatishadi va ular borasida ma’lumot berishadi. Qizil olma qo’shib yozilsa, olma navini, issiq xona qo’shib yozilsa, teplitsani, oq soch qo’shib yozilganda esa farroshni anglatadi. Natijada obyektiv borliqdagi uchinchi bir narsa va hodisa nomlaniladi va u haqida axborot beriladi. Pirovardida esa “nav turi” dan qizil olma yetishtirilishi, xonada yil bo’yi sabzavotlar va poliz ekinlari yetishtirilishi mumkinligi va farroshning odatda qari va sochi oq bo’lishi qo’shib tushuniladi.
__________________________________________________________________

  1. A. Jumaniyozov, Sh. Rahimova. Ma’no mushtaraklashuvi. – Toshkent- 2020-yil 5-son. Kasbiy fanlar metodikasi.

Qo’shma so’zlar va so’z birikmalarini farqlash bobida Urganch davlat universiteti magistrantlarining prof. A. Jumaniyozov rahbarligidagi ilmiy guruhi (Polvonova N., Allaberganova F., Ibragimova A., Toshnazarova D., Qurbonova Z., Rahimova SH.), o’z ilmiy tadqiqotlarida quyidagi, bizning fikrimizcha, eng to’g’ri va oddiy maslahat berishadi va so’z birikmalari va qo’shma so’zlarni ta’riflashadi. Ular ta’kidlashadiki: “Agar so’z birikmasidan sodda gap yasash imkoniyati bo’lsa, masalan, “oq soch” til birligidan, “Soch oqdir”. sodda gapi yasalsa, u so’z birikmasi nomi ostida qolishi kerak. Zero, umumiy ma’no o’zgarmaydi, mushohadada soch oqligi tafakkur qilinadi va mazkur gap orqali so’z birikmasi berayotgan fikr tasdiqlanadi. Endi “oq soch” so’z birikmasidan “oqsoch” qo’shma so’zi yasalsa va uchinchi bir narsa “farrosh” ni bildirsa, bu til birligini albatta qo’shib yozish kerak va qo’shma so’zlar sirasiga kiritmoq kerak. Zero, undan “Soch oqdir”. yoki bo’lmasa, “Oq sochdir”. sodda gapi tuzilsa, u farroshni (uchinchi bir narsani) anglatmaydi. Mushohadamizda sochni oqligi yoki oq sochligi gavdalanadi. Fikrni lo’nda qilib aytiladigan bo’lsa, so’z birikmasidan gap yasalsa va fikr (xulosa, tasdiq) o’zgarmasa, unga birikma sifatida qarash va imlodan ajratib yozish kerak. Birikmadan gap yasalsa-yu, u nazdimizdagi uchinchi narsa va hodisani nomlay olmasa, bunday til birligini qo’shib yozish va qo’shma so’z deb atasa bo’ladi. Ushbu qoida asosida ish tutish qo’shma so’zlar imlosi va ularni, qo’shib yoki ajratib yozish haqida darsliklarda berilgan barcha (30ga yaqin) tavsiyani o’rnini bosadi. O’quvchi (qiziquvchi) birikmadan yasalgan gap asosida ish tutadi, birikma ma’nosi o’zgarmasa- birikma, o’zgarsa- uchinchi narsa yoki hodisa anglashilsa- qo’shma so’z bo’ladi. Asosiy narsa o’quvchi qiziquvchining so’z birikmasidan gap tuza olishi va ularning ma’nosini to’g’ri anglab bilishi bilan bog’liq bo’ladi. Misollardan ko’rinib turibdiki, bu eng oson va to’g’ri yo’l. Til bilan qiziqqan har bir shaxs buni uddalay oladi. Shu kungacha darsliklarda tavsiya qilinib kelinayotgan 30 ga yaqin ko’rsatmalarni yodlab va ulardan qachon va qanday foydalanish haqida bosh qotirib o’tirmaydi.
Endi aniqlovchili qo’shma so’zlarga ham to’xtalib o’tadigan bo’lsak, o’zbek tilshunosligida bu mavzu keng o’rganilmagan, xatto biro bir ilmiy ishda tadqiqot obyekti qilib olinmagan. Mazkur til birliklari Yevropa tilshunosligiga taqlidan attributiv (nemis, ingliz, rus) qo’shma so’zlar yoki “attribut” so’zini o’zbek tiliga o’girgan holda
Download 33.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling