Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)
Kichik bosimli lyuminessent chiroqlari (LCH)
Download 157.04 Kb.
|
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org
Kichik bosimli lyuminessent chiroqlari (LCH)
Bu razryadli gaz chirog‘isi bo‘lib, yorug‘lik uzatish darajasi yuqori, spektr tartibi yaxshi va xizmat davri kattadir. SHuning uchun, umum yoritish maqsadlari uchun qo‘llanila boshladi. Lekin uni elektr tarmog‘iga ulash, chug‘lanma chiroqlarga qaraganda, murakkabdir. Lyuminessent chiroqlardagi yorug‘lik uzatishning yuqoriligi, elektr energayani yorug‘lik nuriga o‘zgartirish 2 fazadan iborat bo‘lishi bilan erishilgan. Birinchi- Elektr toki o‘ta turib kichik simob bug‘larida va gazda yoyli razryad hosil bo‘ladi, ya’ni ultrabinafsha sohada elektr energiyasi nurlanishga o‘zgartiriladi - bu elektrolyumenissensiya deb ataladi. Ikkinchi- Lyumenofor qatlamida yoyli nurlanish, ya’ni ultrabinafsha nurlanishni ko‘rinarli nurlanishga o‘zgartrish - bu fotolyumenissensiya deb ataladi. Fotolyumenietsensiya - elektromagnit nurlanish spektrining ultrabinafsha va unga yaqin qismlari ta’sirida bo‘lgan lyumenissentli nurlanishga aytiladi. Lyumenissensiya moddasi lyumenafor deyiladi. Fotolyumenissensiyaning asosiy qonuni - Stoks qonunidir. Unga asosan, spektrning og‘irlik markazidan chiqarilayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligi, singdirilayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligidan kattadir. SHunday qilib, ko‘rinarli nurlanish, faqat juda qisqa ko‘rinarli yoki ultrabinafsha nurlanishni singdiradigan, modda yordamida hosil bo‘lishi mumkin. Lyuminofor - aktivator deb atalgan aralashma qo‘shilgan kristall poroshokni tashkil qiladi, Lyuminoforni ishlatilishiga, singdirish va qaytarishning spektrial koeffitsientlari va hamda singdirish va qaytarishning spektrlari ta’sir ko‘rsatadi. CHiqaralayotgan nurlanish nuqtai nazaridan, lyuminoforlar, faqat asosiy fizik-ximik tuzilish bilan aniqlanmasdan, aktivator turi bilan ham aniqlanadi. Lyuminessent chiroqlarlar uchun mo‘ljallangan lyumenoforlar nur-lanishi, nurlanishning ko‘rinarli sohasini hammasini o‘ziga olishi lozim va yuqori energetik katta chiqish bilan xarakterlanishi lozim. Lyumenoforning nurlanish rangi lyuminessent chiroqlar rangini aniqlaydi. Ma’lumotnoma adabiyotlarida, lyuminessent chiroqlarida qo‘lla-niladigan lyuminoforlar uchun ma’lumotlar keltirilgan. Kichik bosimli lyuminessent chiroqlar (KBLCH) (1,5 Pa yoki MO2 mm.simob ustun) quyidagilardan tashkil topgan: Ichki qismi lyumenoforning (2) yupqa qatlami bilan yopilgan silindrik shishali trubka (kolba) dir. Trubkaning ko‘ndalang qismiga, elektrodlarni (3) ushlab turuvchi oyoqchalar (5) kovsharlangan. Elektrodlar, volframli bispralga yoki uchspiralga o‘xshaydi.
Download 157.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling