Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)
CHug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik, elektrik xarakteristikalari va nominal kuchlanish
Download 157.04 Kb.
|
Bundan 100-150 yil ilgari odamizot sun’iy (elektrik)-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr quvvati (Vt) va yorug‘lik oqimi (lm)
- YOrug‘lik unumi
- Nurlanish rangi
CHug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik, elektrik xarakteristikalari va nominal kuchlanish
Bu chiroq mo‘jallangan kuchlanishdir. Bu kuchlanish tarmoq kuchlanishiga teng bo‘lishi kerak. Umumiy maqsadda qo‘llaniladigan chug‘lanma chiroqlar, 127 va 220V kuchlanishlariga ishlab chiqariladi. CHiroqlarning bir qismi kuchlanishi 127 V dan – 135 V gacha, ikkinchi qismi kuchlanishi 220 V dan – 235 V gacha ishlab chiqariladi va haqiqiy kuchlanishi 127 va 220 V dan oshadigan yoritish tarmoqlarida qo‘llaniladi. Elektr quvvati (Vt) va yorug‘lik oqimi (lm) CHug‘lanma chiroqlar uchun – bu hisob parametridir. Tajribadan olinadigan elektr quvvat, nominal kuchlanish bilan tarmoqqa ulangan, birlamchi chiroqlar guruhining o‘rtacha arifmetik quvvatidir. YOrug‘lik oqimi – chiroqning elektr quvvatiga va qizish jismi haroratiga bog‘liq holda bo‘ladi. CHiroqning yoqilishi jarayonida volframni asta-sekin sochilishi bo‘ladi, bu esa ipning diametrini kichrayishiga va uning qarshiligining oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida quvvat va yorug‘lik oqimini kamayishiga olib keladi. CHiroqning yorug‘lik oqimini kamayishi yana kolbaning xiralashishi natijasida bo‘lishi mumkin (volfromning sochilish natijasida xiralashadi). GOST ga asosan, yorug‘lik oqimi va elektr quvvati 5-10% (nominal qiymatiga nisbatan) atrofida og‘ishi ruxsat etiladi. YOrug‘lik unumi YOrug‘lik unumi son jihatdan, chiroq nurlanayotgan yorug‘lik oqimini, uning elektr quvvatiga nisbatiga bu erda: F - yorug‘lik oqimi, (lm).
YOrug‘lik unumi, chiroqning tejamkorligini xarakterlaydi qizish jismining haroratiga to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi. Nurlanish rangi CHCH ning nurlanish rangi qizish jismining haroratiga bog‘liqdir. Qizish jismining harorati ishi bilan chug‘lanma chiroqlarning nurlanish rangi qora jismining rangiga yaqinlashib boradi. Urtacha yonish muddati (xizmat vaqti) YUqori harorat natijasida paydo bo‘ladigan, volfromning qizish jismdan sochilishi bilan birinchi navbatda aniqlanadi. Bu chiroqning asosiy xarakteristikasidir. Bu parametr chug‘lanma chiroqlar uchun juda zarur, chunki bu chiroq uchun yorug‘lik unumini oshishiga, xizmat vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ko‘rinib turibdiki, chug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik xarakteristikalari ko‘pincha qizish jismining o‘lchamlari, chiroq tuzilishi va qizish jismining harorati bilan aniqlanadi. Qizish jismining eng yuqori harorati u yasalgan temirning erish haroratidir. Haqiqiy harorat esa kichikroq olinadi, (chiroqning kerakli yonish muddatini ta’minlash uchun). Ko‘pincha, qizish jismining harorati: - vakuumli chiroqlar uchun-2400 K; - gaz to‘ldirilgan chiroqlar uchun - 2900 K ni tashkil qiladi; Agar tarmoq kuchlanishi oshsa. qizish jismining harorati oshadi. Bu esa chiroqning yonish muddatini qisqartiradi. Tarmoq kuchlanishining kamayishi yorug‘lik unumini kamaytiradi (chunki quvvatga qaraganda yorug‘lik oqimi tezroq kamayadi) SHuning uchun tarmoqning haqiqiy kuchlanishi nominal kuchlanishga teng bo‘lishi yoki "PUE" da ko‘rsatilgan kichik oraliqda og‘ishi kerak.
Download 157.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling