Masalan.
1. Agar ko‘zdan farqlash ob’ektigacha bo‘lgan masofa 0,5 metrdan katta bo‘lsa, yoritilganlik jadvalda ko‘rsatilgan qiymatdan bir pag‘ona ko‘tarilishi mumkin.
YOritilganlik shkalasini (daraja ko‘rsatkichini) pog‘onalari, Lyuksda.
2. Odamlar doimo bo‘lib turadigan tabiiy yoritish bo‘lmagan joylarda ham yoritilganlikni bir pog‘onaga ko‘tarish ko‘zda tutiladi.
3. Bulardan tashqari ayrim hollarda, masalan odam qisqa vaqt davomida bo‘ladigan ishlabchiqarish joylarida, hamda doimo boshqarib turilmaydigan uskuna joylarida yoritilganlik bir pog‘onaga tushirilishi mumkin.
Sanoat korxonalarning yordamchi joylari uchun eng kichik yoritilganlik normalari alohida jadvalda keltirilgan (X, XI, XII - darajalar).
Bino tashqarisida bajariladigan ishlar uchun eng kichik yoritilganlik farqlash obektining burchak o‘lchamlariga bog‘liq holda normalanadi. (XIV, XVIII - darajalar). Sanoat korxonalarining hududlari uchun (yo‘l, yo‘lakcha, transport turar joylari, temir yo‘llar uchun) eng kichik yoritilganligi normalari jadvalda keltirilgan. (XIX- XXV).
Do'stlaringiz bilan baham: |