Bundan 20 yil avval Asaka avtomobil zavodi ishga tushdi. 1996 yil 19 iyul kuni Asakada «O`zdeuavto» qo`shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo`ldi
Download 17.71 Kb.
|
Malumotlar
Bundan 20 yil avval Asaka avtomobil zavodi ishga tushdi. 1996 yil 19 iyul kuni Asakada «O`zDEUavto» qo`shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo`ldi. Prezidentimiz Islom Karimov o`sha tantanali marosimda bunday dedi: «O`zimizning yurtimizda ham, uzoq va yaqin qo`shnilarimiz ham yaxshi tushunadiki, bunday ulkan zavodni qurish uchun nafaqat iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarga, balki katta ma`naviy qudratga, qolaversa, katta yurakka ham ega bo`lish kerak». Avtomobilsozlik dunyo sanoatining eng peshqadam tarmoqlaridan biri hisoblanadi, deya xabar beradi O`zA. Ma`lumotlarga ko`ra, jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb o`n foizini shakllantirayotgan ushbu tarmoq iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o`zgartirishga qodir. Binobarin, avtomobilsozlik ishlab chiqarishga eng ilg`or va murakkab texnologiyalarning keng jalb etilishi, mahsulotlarning ulkan qo`shimcha qiymatga ega bo`lishini ta`minlaydigan qayta ishlash tarmoqlarining vujudga kelishini rag`batlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashga xizmat qiladi. Mustaqillikka qadar engil avtomobilga ega bo`lish har kimga ham nasib etmasdi. Mutlaqo yangi texnologiyalar, eng ilg`or talablar asosida ishlab chiqarilgan milliy avtomobilsozlikning ilk namunalari – «Damas», «Nexia» va «Tico» yurtimiz yo`llarida paydo bo`lishi avtomobillar haqidagi tasavvurlarimizda, ta`bir joiz bo`lsa, inqilob yuz berishiga sabab bo`ldi. Asaka avtomobil zavodi o`z faoliyati ko`lamini yil sayin kengaytirib bordi. Milliy avtomobilsozlikda yangi rusumlar paydo bo`ldi. 2001 yilning avgust oyida «Matiz» xetchbeki, 2002 yilning sentyabrida yangi rusumdagi «Nexia DOHC» sedani taqdim etildi. Kompaniya deyarli har yili xaridorlarni yangiliklar bilan xushnud etib kelmoqda. 2003 yilda avtomobil sanoatimiz «Lacetti» rusumidagi avtomashina ishlab chiqarishni o`zlashtirdi. 2004 yilning dekabr oyida bir litr hajmli dvigatel va avtomat uzatmalar qutisiga ega «Matiz Best», 2006 yilning fevral oyidan yangi «Damas II» avtomashinalari ishlab chiqarila boshlandi. 2008 yilda tarmoqdagi to`ng`ich korxona – Asaka avtomobil zavodi hayotida yangi davr boshlandi. Uning negizida «O`zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi hamda «General Motors» kompaniyasi ta`sischiligida «GM Uzbekistan» qo`shma korxonasi tashkil etildi. O`zbek avtomobillari safi yangi, zamonaviy va sifatli avtomobillar hisobiga yanada kengaya boshladi. 2010 yilda ancha takomillashtirilgan va texnologik ixchamlashtirilgan «Chevrolet Spark», 2011 yilda modernizasiya qilingan «Chevrolet Captiva», 2012 yilda «Chevrolet Malibu», 2013 yilda «Chevrolet Cobalt» avtomobili ishlab chiqarila boshlandi. So`nggi yillarda milliy avtosanoatimiz avtomobillari qatoriga yangi rusumdagi mashinalar qo`shildi. Xususan, yangilangan «Lacetti», 2014 yil boshida «Orlando» oilaviy avtomobili namoyish etildi. – 2015 yilning iyul oyida «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati yangi – «Labo» avtomobilini omma e`tiboriga havola qildi, – deydi «O`zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Alisher Komilov. – Compact LCV avtomobillar toifasiga kiradigan mazkur avtomobil kichik hajmli yuklarni tashishda juda qo`l kelishi bilan ajralib turadi. Ushbu transport vositasi qisqa fursatda «Damas» va «Orlando» rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarishni o`zlashtirgan «Xorazm avto» zavodining navbatdagi muvaffaqiyatli loyihasi bo`ldi. 20-asr boshida O‘zbekistonda 27 ming km yo‘l bo‘lib, asosan ot-arava, karvon va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shag‘al yotqizilgan edi. 1920 yilga qadar yo‘l ishlari bilan munta-zam shug‘ullanadigan davlat tashkiloti bo‘lmagan. 1922 yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925 yil iyunda viloyat yo‘l boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yo‘l qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shug‘ullangan. 1932 yildan yo‘l qurilishida bitum va shag‘al aralashmasi keng qo‘llanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi bo‘lib uz. 62 km bo‘lgan qora qoplamali Buxoro – G‘ijduvon – Qiziltepa yo‘li, so‘ngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qo‘qon – Sho‘rsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yo‘llar qurildi.1929 yilda Respublika XKS huzurida yo‘llar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930 yilda "O‘zyo‘lqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941 yil gacha uz. 708 km bo‘lgan Katta O‘zbekiston trakti, hashar yo‘li bilan To‘ytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Farg‘ona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yo‘llar qurildi. 1953 yil O‘zbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda O‘zSSR MS huzuridagi yo‘llar bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Avtomobil transporti va tosh yo‘llar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957 yil Toshkent – Qo‘qon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957 yil respublika avtomobil yo‘llari tarmoqlari ro‘yxati o‘tkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, Samarqand halqa yo‘lining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qo‘qon ay-lanma yo‘llari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yo‘l qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qo‘llash kengaydi, yo‘l qurish industriyasining asfalt-beton, 134ko‘priklar qurish uchun yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xo‘jaligida yuklarning 90% dan ko‘prog‘i avtomobil transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro andozalar ta-lablariga to‘liq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Ko‘shni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yo‘llarini bar-po etish, mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash. yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992 yil 3 iyulda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993 yil fevralda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("O‘zavtoyo‘l") ish boshladi (1969 – 1993 yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 512 yo‘llarni asrash va ulardan foydalanish bo‘limlari, "O‘zyo‘lloyiha" yo‘l va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, ko‘prik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.O‘zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – O‘sh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yo‘lini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning o‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bog‘laydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qo‘ng‘irot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq bo‘lgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qo‘ng‘irot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yo‘l xo‘jaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yo‘llarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘ldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xo‘jaliklari, xo‘jalik tashkilotlari)ga qarashli yo‘llar ham mavjud.O‘zbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yo‘llarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yo‘llar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yo‘llar 49,6% (21819 km), qora shag‘alli va qora qoplamali yo‘llar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yo‘lga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Darakchi gazetasi Download 17.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling