Бундан норози бўлган фуқаро прокуратура органларига шикоят билан мурожаат қилди
Download 28.34 Kb.
|
4. Хусусий автосервисда механик вазифасида ишловчи фуқаро Хошимов ишдан бўшатилди. У ўзининг Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 37-моддасидаги меҳнат қилиш ҳуқуқи бузилганлиги ва ноқонуний равишда ишдан бўшатилганлиги, шунингдек унга ишдан бўшатиш сабаблари тушунтирилмаганлигини кўрсатиб, Ўзбекистон Республикаси Конституциявий судига ёзма ариза билан мурожаат қилди. Конституциявий суд унинг мурожаатини ўрганиб чиқиб, фуқаро Хошимовга бузилган ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун яшаш жойидаги умумюрисдикция судига мурожаат қилишини тушунтириб жавоб хати юборди. Бундан норози бўлган фуқаро прокуратура органларига шикоят билан мурожаат қилди. Савол: Вазиятга баҳо беринг. Фуқаро Хошимовнинг ҳаракатлари асослими?
Ushbu kazusni tahlil qilishdan avval O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy sudi qanday organ va unga qanday masalalar yuzasidan murojat qilinishiga aniqlik kiritib olsak, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar qarorlarining konstitutsi- yaviyligini tekshiruvchi sud hokimiyatining alohida organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107, 108 va 109-moddalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga bag‘ishlangandir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-modda- si va O‘zbekiston Respublikasining «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining faoliyat tarkibi va vakolatlari to‘g‘risida berilgan umumiy ma’lumotga muvofiq sudning asosiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun va boshqa normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini, davlatlararo shartnomalar va majburiyatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasiga mosligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga mosligi haqida xulosalar berish; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini sharhlash; Konstitutsiya va boshqa qonunlar. uning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusiga ega. «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasi Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish uchun masalalar taqdim etish huquqiga ega bolgan subyektlar doirasini belgilab bergan Bular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri, Oliy Majlis Senati Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonini kamida to‘rtdan bir qismini tashkil etuvchi deputatlar guruhi, Oliy Majlis Senati a’zolari umuiy sonining kamida to‘rtdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlar guruhi, Oliy sud Raisi, Oliy xo‘jalik sudi Raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hisoblanadilar.1 Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais oʻrinbosari va sudyalaridan, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning har bir sudyasi yakka tartibda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud doimiy ishlaydigan organ, uning majlislari zaruratga qarab oʻtkaziladi va qoida tarzida ochiq boʻladi. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun uning devoni tuziladi. Konstitutsiyaviy sudning raisi va aʼzolari deputat boʻla olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning aʼzosi boʻlishlari va boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik hukuqidan foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qatʼiy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.2 Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy tamoyillari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasigagina amal qilish, oshkoralik, mustaqillik, ishlarning hay’atda ko‘rilishi va sudyalaming teng huquqliligi tamoyillari kiradi. Sudda ishlar- ni ko‘rish va qaror chiqarish kamida to‘rt sudyadan iborat bo‘lgan hay’atda amalga oshiriladi. Qarorlar faqat ishni sud majlisida ko‘rishda ishtirok etgan sudyalar tomonidangina chiqariladi. Konstitutsiyaviy sudlov yuritishda ishlami hay’atda ko‘rish tamoyili ishlami ko‘rishda xalq vakillarini jalb qilish mumkinligini nazarda tutmaydi. Oshkoralik tamoyiliga ko‘ra Konstitutsiyaviy sud majlislari ochiq ko‘riladi. Sudyalaming tengligi tamoyili ishlami sudda ko‘rayotganda barcha sudyalar - Rais, uning o‘rinbosarlari, Konstitutsiyaviy sudning boshqa a’zolari teng ovoz berish hu- quqiga ega ekanliklarini belgilaydi. Konstitutsiyaviy sud tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Konstitutsiyaviy sudning huquqiy hujjatlar, ular- ning nusxalarini berish, tushuntirishlar berishni so'rab qilgan talabnomalarini bajarish barcha mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Ishlarni Konstitutsiyaviy sudda ko‘rishda va ovoz berishda Konstitutsiyaviy sud raisi, uning o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy sudning boshqa a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sudda ishlami ko‘rish davlat tilida olib boriladi. Majlisda ishtirok etayotgan, davlat tilini bilmaydigan ishtirokchilar o‘z ona tillarida gapirishlari yoki tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi qonunga muvofiq Konstitutsiyaviy sud va uning sudyalari mustaqildirlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudirais, rais o‘rinbosarlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili kirgan Konstitutsiyaviy sudning besh a’zosidan iborat. Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi. Har birsudyaalohida tartibda saylanadi. Oliy Majlis a’zolari orasida eng ko‘p ovoz olgan shaxs sudyalik mansabiga saylangan hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud tarkibidagi sudya- laming vakolat muddati tugashi bilan Oliy Majlis Senati qonun bilan o‘matilgan tartibda yangi sudyalarni saylaydilar. Konstitutsiyaning 107-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud sudyalari besh yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaviy sud sudyalari almashtirilmaydi. Ulaming vakolatlarini amalga oshirishni to‘xtatish yoki tugatish qonun bilan o‘matilgan tartibdagina amalga oshirilishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud faqat konstitutsiyaviyligi shubha os- tiga olinayotgan konkret masalalar yuzasidangina ish olib bora- di. Konstitutsiyaviy sud normativ huquqiy hujjatning Konsti- tutsiyaga mosligini tekshirish jarayonida ushbu normativ hujjat asosida qabul qilingan me'yoriy hujjatlarni ham, ularning kon- stitutsiyaviyligini tekshirish so‘ralmagan bo‘lsa ham, o‘zgartirishga haqli. Konstitutsiyaviy sudning qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Hech qaysi sudya betaraf qolishga haqli emas. Konstitutsiyaviy sudning qarori majlisda ishtirok etayotgan sudyalarning ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirdagina qabul qilinadi. Ovozlar teng bolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qabul qilingan qarordan norozi sudya o‘z fikrini yozma tarzda bayon etib, Konstitutsiyaviy sud majlisi bayonnomasiga kiritadi.3 Ushbu o’rinda umumyuridiksiya sudlari qanday organ va ularning vakolatlariga to;xtalib o’tsak, umumyuridiksiya sudlariga jinoyat va fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar kiradi. Ushbu o’rinda ularning vakolatlariga to’xtalib o’tsak, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining hissasiga fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha hamda ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarning asosiy qismi to‘g‘ri keladi. Ular qonunga muvofiq boshqa sudlar (viloyat, harbiy va bosh. sudlar) vakolati doirasida bo'lgan fuqarolik va jinoyat ishlarinigina ko‘rib chiqmaydilar. Odatda, aholi o‘z muammolari bilan shu sudga murojaat qiladi va ko‘p hollarda shu erda o’z savollariga kerakli javobni oladi.Jinoyat ishlari bo‘yicha tumnan (shahar) sudlari faoliyati ustidan nazoratni jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi amalga oshiradilar. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, turnan (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha turnan (shahar) sudlari faoliyat- larining tashkiliy ta’minoti, sudlaming mustaqilligi va ulaming faqat qonunga qat’iy bo‘ysunish tamoyillariga amal qilingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi maxsus vakolat berilgan organ zimmasiga yuklatilgan. 4Yuqoridagi kazusga e’tibor beradigan bo’lsak, konstitutsiyaviy sudning fuqaroga bergan javobi asosli va ushbu vaziyatda fuqaro ushbu organning chiqargan xulosasiga e’tiroz bildirishi mumkin emas. Chunki konstitutsiyaviy sud chiqargan qarorlarga e’tiroz bildirish mumkin emas. Bundan tashqari ushbu masala konstitutsiyaviy sudda ko’rib chiqilmaydi. Ushbu masala umumyuridiksiya sudining vakolati hisoblanadi. 1 Rustamboyev M .H., Nikiforova Ye.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. -T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. - 560 bet. 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Respublikasining_Konstitutsiyaviy_sudi 3 Rustamboyev M .H., Nikiforova Ye.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. -T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. - 560 bet. 4 Rustamboyev M .H., Nikiforova Ye.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik. -T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2007. - 560 bet. Download 28.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling