Bundan uch yil avval Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bugun ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi


Download 1.78 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1565456
  1   2   3   4
Bog'liq
Axborot texnologiyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati


Bundan uch yil avval Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bugun ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, navqiron avlod bugun uning ijobiy samaralarini o'z hayoti misolida yaqqol ko'rib, guvohi bo'lmoqda.

Xususan, uchinchi tashabbus doirasidagi ishlar aholining komp`yuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan yigit-qizlarni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qilyapti.
O'tgan vaqt mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ilg'or xalqaro tajriba asosida barcha shahar va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar o'quv markazlari tashkil etildi. Elektron tijorat va dasturlashni bepul o'rgatish, axborot texnologiyalari sohasida biznes yuritish bo'yicha innovatsion ko'nikmalarni shakllantirish, “startap” loyihalarni ro'yobga chiqarish bo'yicha sezilarli natijaga erishildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Future Foundation” jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasi yoshlarning axborot texnologiyalariga qiziqishini rag'batlantirishda muhim strategik qadam bo'ldi. O'tgan yili loyihaga 120 mingdan ziyod o'quvchi qamrab olindi. Ularning 18 mingdan ortig'i kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat oldi. Kelgusida bu ko'rsatkichni 300 mingga etkazish va yoshlarni komp`yuter texnologiyalari yo'nalishida bepul o'qitish hamda masofaviy ta'limni va darslarni onlayn o'tkazish imkoniyatini beradigan axborot tizimlarini ishga tushirish ko'zda tutilgan.
Loyiha doirasida eng ko'p tahsil oluvchilar Navoiy viloyati (36,6 ming), Qoraqalpog'iston Respublikasi (27,6 ming) va Toshkent shahri (24,5 ming) hissasiga to'g'ri keladi. Sirdaryo (4,3 ming) va Jizzax (5,9 ming) viloyatlari esa, quyi pog'onalardan o'rin olgan.
Bu yil “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog'i bo'yicha yuqori natija ko'rsatgan Karmana tumanidagi 2-maktab va Qo'ng'irot tumanidagi 39-maktab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi — “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.
Davlatimiz rahbari bu yildan boshlab xalqaro IT sertifikatini qo'lga kiritgan yoshlar xarajatining 50 foizigacha bo'lgan qismini qoplab berish vazifasini qo'ydi. Bu sa'y-harakatlar uchinchi tashabbusning tobora keng quloch yoyishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni paytda yoshlar va mas'ullar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish imkoniyatini beruvchi “YOshlar murojaati” elektron platformasi ustida izlanish olib borilyapti. U yoshlarning ilm olishi, kasb-hunarli bo'lishi, bir so'z bilan aytganda, hayotda o'z o'rnini topishiga xizmat qiladi.
Sohaga oid ilmiy izlanishlarni davom ettirish, yanada kengaytirish maqsadida Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududda texnikumlar ochiladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling