Kurs ishining dolzarbligi. Xotira jarayonlarini o’rganish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini o’rganish dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohada tadqiqot ishlarini olib borish qator omillar bilan shartlanadi. Ulardan biri bizning fikrimizcha, eng muhimi – ta’limning maktab dasturini о‘zlashtirish uchun tayyorlov ishlari muhim ahamiyatga ega.
Mavzuning ishlanganlik darajasi. Xotiraning faol ishtiroki tufayli inson tevarak - atrof, borliq haqida ma’lumotlarga ega bо‘ladi. Shu bilan birga xotira bolaning rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya olishida asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi.
Biz maxsus adabiyotlarni tahlil etish jarayonida bolalarning xotirasini shakllantirish bо‘yicha kо‘pgina rus olimlari, jumladan, T.B.Filicheva, T.V.Chirkina P.E.Levina, V.K.Orfinskaya, Ye.M.Mastyukova, T.I.Vlasenko, A.A.Leontyev, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva, O.N.Usanova, L.F. Spirova, G.S.Gumennaya, O.V.Troshin, T.N.Sinyakova va N.A.Nikashinalarning olib borgan ilmiy ishlarini tahlil qildik.
Ilmiy tadqiqotlar tahlilidan shu narsa ma’lum bо‘ldiki, О‘zbekistonda eshituv xotirasini bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib ko’p olib borilmagan. Bu muammo buyicha о‘zbek tilida manbalar yetarli emas. Shuning uchun biz ushbu mavzuni dolzarb muammolardan biri deb belgiladik. Muammoning О‘zbekistonda ilmiy jihatdan о‘rganilmaganligidan kelib chiqqan holda,“ Xotira jarayonini o’rganish ” mavzusi tanlandi.
Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari.
Kurs ishining predmeti: Xotira jarayonini o’rganish va bolalarning xotira xususiyatlarini psixolog ish tizimida shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: Xotira jarayoni o’rganish va bolalarning xotira xususiyatlarini rivojlantirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotira turlarini aniqlash;
Maktab yoshidagi bolalarning eshituv xotira xususiyatlari holatini о‘rganish va tahlil qilish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning eshituv xotirasini shakllantirish bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |