Buning uchun «Ko’ruv xotirasi», «Uzoq muddatli xotira» «Belgilarni qo’y», «Nuqtalarni eslab qol va o‘z joyiga qo‘yib chiq» kabi metodikalardan foydalandik


Download 139.23 Kb.
bet2/11
Sana15.06.2023
Hajmi139.23 Kb.
#1487144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI О‘QUVCHILARDA XOTIRA JARAYONINING RIVOJLANISHI

Kurs ishining dolzarbligi. Xotira jarayonlarini o’rganish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini o’rganish dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohada tadqiqot ishlarini olib borish qator omillar bilan shartlanadi. Ulardan biri bizning fikrimizcha, eng muhimi – ta’limning maktab dasturini о‘zlashtirish uchun tayyorlov ishlari muhim ahamiyatga ega.
Mavzuning ishlanganlik darajasi. Xotiraning faol ishtiroki tufayli inson tevarak - atrof, borliq haqida ma’lumotlarga ega bо‘ladi. Shu bilan birga xotira bolaning rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya olishida asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi.
Biz maxsus adabiyotlarni tahlil etish jarayonida bolalarning xotirasini shakllantirish bо‘yicha kо‘pgina rus olimlari, jumladan, T.B.Filicheva, T.V.Chirkina P.E.Levina, V.K.Orfinskaya, Ye.M.Mastyukova, T.I.Vlasenko, A.A.Leontyev, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva, O.N.Usanova, L.F. Spirova, G.S.Gumennaya, O.V.Troshin, T.N.Sinyakova va N.A.Nikashinalarning olib borgan ilmiy ishlarini tahlil qildik.
Ilmiy tadqiqotlar tahlilidan shu narsa ma’lum bо‘ldiki, О‘zbekistonda eshituv xotirasini bо‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib ko’p olib borilmagan. Bu muammo buyicha о‘zbek tilida manbalar yetarli emas. Shuning uchun biz ushbu mavzuni dolzarb muammolardan biri deb belgiladik. Muammoning О‘zbekistonda ilmiy jihatdan о‘rganilmaganligidan kelib chiqqan holda,“ Xotira jarayonini o’rganish ” mavzusi tanlandi.
Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari.
Kurs ishining predmeti: Xotira jarayonini o’rganish va bolalarning xotira xususiyatlarini psixolog ish tizimida shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: Xotira jarayoni o’rganish va bolalarning xotira xususiyatlarini rivojlantirish

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xotira turlarini aniqlash;

  2. Maktab yoshidagi bolalarning eshituv xotira xususiyatlari holatini о‘rganish va tahlil qilish;

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning eshituv xotirasini shakllantirish bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.


Download 139.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling