Buning uchun «Ko’ruv xotirasi», «Uzoq muddatli xotira» «Belgilarni qo’y», «Nuqtalarni eslab qol va o‘z joyiga qo‘yib chiq» kabi metodikalardan foydalandik


Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi


Download 139.23 Kb.
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi139.23 Kb.
#1487144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI О‘QUVCHILARDA XOTIRA JARAYONINING RIVOJLANISHI

Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.
Xotiraning ayrim jarayonlarini - esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ko'rib chiqaylik.
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng awal miya o'stida idrok qilinayotgan narsalarning-buyum, surat, so'z, fikr va rningizlari≫ hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.
Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida yangi muvaqqat nerv bog'lanishlari hosil bo'lishidan iboratdir.
Esda olib qolishning tezligi, to'laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil bo'lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning tezligi, to'laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog'li tez yoki sekin unuti- lishiga qarab aniqlanadi. Tez, to'la va aniq esga tushirish va tezda unutib qo'ymaslik esda qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir.
Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam bo'lish-bo'lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi yoki sira unutilmaydi. Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nimaga bog'liq degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Xotiraning sifatini belgilovchi shartlarni bilish pedagogika uchun amaliy ahamiyatga ega, chunki bu shartlarni bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq uchun nimalar qilish va nimalarni hisobga olish kerak ekani ma’lum bo'ladi.
Turmushdagi kuzatishlar pedagogik amaliy va maxsus eksperimental tekshirishlar ko'rsatishicha, esda qoldirishning sifatlari - uning tezligi, to'laligi, aniqligi va puxtaligi, birinchidan, esda qoldirish xillariga, ikkinchidan, esda olib qolinayotgan materialga kishining (shaxsning) munosabatiga va uchinchidan, esda qoldirish uchun qo'llanilgan maxsus metodik usul va priyomlarga bog'liq bo'lar ekan.
Biroq har holda esda mustahkam olib qolish, albatta, eng avval nerv sistemasining ahvoliga bog'liqdir. Nerv sistemasi sog'lom va tetik bo'lsa, muvaqqat nerv bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, puxtaroq bo'ladi, bino- barin, esda olib qolish ham tez va puxtaroq bo'ladi.

Download 139.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling