Buning uchun o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning yangi zamonaviy uslublaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir


Download 31.89 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi31.89 Kb.
#1408694
  1   2   3
Bog'liq
KIRISH


KIRISH
Erkin bozor munosabatlari taraqqiy topgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi singari mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ham 1992-yilda “Standartlashtirish va metrologiya” qo‘mitasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston stan­dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy tizimlari faoliyat yurita boshladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki va tashqi bozorlar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashki- lotlar hamda korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining standart talablariga mos kelishini nazorat qilishdir.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarilayotgan mah­sulot sog‘lom raqobatning yuzaga kelishi va shu asosda xalq xo‘jaligini rivojlantirishga zamin hozirlaydi.
Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri — bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishda bemalol qo‘llay oladigan, raqobatbardosh va jahon standartlari talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
Buning uchun o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning yangi zamonaviy uslublaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari» fanidan yaratilgan o‘quv materiallar to’plami metrologiya, standartlashtirish bo‘yicha ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqqan o‘quv-uslubiy materiallar asosida yaratildi.
O‘quv materiallar to’plamida standartlashtirishning nazariy va uslubiy asosi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirish va uning nazorati, davlat standartlashtirish tizimi, standartlarning iqtisodiy samarasi hisobi, sertifikatlashtirish atamalarining O‘zDSt 5.0.92 ga mos kelishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini klassifikatsiyalash, kodlashtirish va boshqa masalalar o‘rganiladi.
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari» fanining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish tufayli sanoat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimiga katta e’tibor qaratiladi. Yuqoridagi vazifalarni hal etish uchun o‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning interaktiv usullaridan keng foydalanish, imkon darajasida o‘quv jarayoniga yangi zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Mazkur o‘quv materiallar to’plamida O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya va standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni va stan­dartlashtirish davlat tizimi, standartlashtirishning maqsadi, vazifalari, toifalari, turlari va mahsulotlarni kodlashtirish, ular sifat ko‘rsatkichlarini boshqarishning huquqiy tamoyillari to‘g‘risidagi materiallar keltirilgan.
Mahsulotlar sifatini nazorat qilish va standartlashtirish borasidagi bilimlar majmui mutaxassisning ish faoliyati mobaynida iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy nuqtayi nazardan mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishni optimal tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi.
Fanning «Standartlashtirish» bo‘limi bo‘yicha talabalar stan­dartlashtirish sohasida me’yoriy-texnik hujjatlar klassifikatsiyasi, ularni ishlab chiqish, tahlil qilish, tasdiqlash, hisobga olish, harakatga kiritish, qayta ko‘rib chiqish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. «Sertifikatlashtirish» bo‘limida esa respublikamizning sertifikatlashtirish milliy tizimi o‘rganiladi.
«Sifatni boshqarish» bo‘limida mahsulot sifatini va xizmat turlarini boshqarishning mavjud tizimlari, bozor iqtisodiyoti sharoitiga monand standartlar ishlab chiqish xususiyatlari o‘rganiladi.



  1. “Metrologiya” to’g’risida dastlabki tushunchalar

  2. Metrologik xizmat haqida ma’lumot

  3. Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazlari

  4. Metrologik ta’minotning ta’rifi, tuzilishi, vazifalari va tashkil etuvchilari






  1. Download 31.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling