Bunyodkor tarovati


Download 14.29 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi14.29 Kb.
#1263163
Bog'liq
dunyo


Guliston davlat universiteti


rektori M.T.Hodjiyevga,
Boyovut tumani
“Bunyodkor tarovati”
fermer xo‘jaligi raisi
A.A.Mamashukurovdan

Hurmatli Muhsin Tadjiyevich!


Sizga shuni ma’lum qilamanki, Respublikamiz hududiga kirib kelgan anomal sovuq xavo oqimi qishloq xo'jalik ekinlariga zarar keltirishi natijasida, baxor mavsumining dastlabki kunlarida o‘simliklarning rivojlanish darajalarining past ko‘rsatgichda ekanligi ko‘zga tashlanmoqda. Mazkur anomal sovuq xavo oqimi fermer xo‘jaligimiz ekin maydonlariga sezilarli tarzda ta’sir qilishi kuzatilmoqda. Fermer xo‘jaligimiz umumiy dala maydoni 13 gektarni tashkil etib, shundan 3 gektar dala maydoniga 3000 tupdagi “Qoraqayin” anor navi ekilgan. Anomal sovuq xavo oqimining ta’siri natijasida anor poyalari kurtaklarining rivojlanish darajalari pastligi namoyon bo‘lgan.


Shu sababga ko’ra sovuq xarorat ta’sirida anor poyasi po‘stloq qavati va kurtaklarining zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash maqsadida Siz raxbarlik qilayotgan universitet qoshidagi “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida tekshiruv ishlarini olib borishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.


Boyovut tumani “Bunyodkor tarovati”
fermer xo’jaligi raisi A.A.Mamashukurov
Download 14.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling