Burchak tezligi datchiklari


Download 23.28 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi23.28 Kb.
#243180
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Burchak tezligi datchiklari


Burchak tezligi datchiklari  
 
 
Burchak tezligi datchiklari asosan 3 guruhga bo’linadi: mexanik, gidravlik 
va elektrik. 
 
Burchak tezligining mexanik markazdan qochma datchigining kinematik 
sxemasi 2.21,a-rasmda ko’rsatilgan. Bunda yuklanma 1 markazdan qochma kuch  
Fs = amw r  ta’sirida prujinani 2 siqadi va valning aylanishi bo’yicha 5 muftani 3 
siljitadi. Muftaning siljishi induktiv o’zgartirkichga uzatiladi va aylanish tezligi 
hisoblanadi. 

 
56


 
Datchikning sezgirligi quyidagicha aniqlanadi: 
Kd = dFs/dw = 2amwr,  
(2.22) 
 
bu yerda   m - aylanayotgan yuklarning massasi;   r  - yuklarning aylanish 
radiusi;  w – aylanish burchak tezligi. 
Mexanik markazdan qochma datchiklar katta xatoliklarga ega va tezlikni 
faqatgina kichik oraliqlarda o’lchashga mo’ljallangan bo’ladi. 
 
Gidravlik datchiklar (2.21,b-rasm) asosan aylanish chastotasini proporsional 
ravishda suyuqlik bosimga yoki sarf o’zgarishiga aylantirib berish uchun hizmat 
qiladi. Bunday turdagi datchiklar nasosdan 1, suyuqlik bosimi o’zgarishini qabul 
qiluvchi prujinali porshendan 2 hamda aylanish chastotasini ulab boradigan 
shkalalardan tashkil topgan bo’ladi. Bu turdagi datchiklarning amalda qo’llanilishi 
ularning murakkab tuzilishi va o’lchovlarni yuqori darajada emasligi sababli 
anchagina chegaralangan. 
 
Хozirgi davrda elektrik datchiklarning qo’llanilishi keskin ravishda ko’payib 
bormoqda. Bunday datchiklar odatda o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokli 
mikrogeneratorlar (taxogeneratorlar) shaklida bajarilgan bo’ladi. 
 
 
 
 
a)                                             b) 
2.21-rasm. Mexanik (a) va gidravlik (b) burchak tezligi datchiklari. 
 
Ularning chiqish kuchlanishi  U aylanish chastotasiga proporsional bo’ladi: 

Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling