Burg’ilash ishlarini takomillashtirish reja


Download 85.41 Kb.
bet5/6
Sana28.03.2023
Hajmi85.41 Kb.
#1304271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BURG’ILASH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Rotorli burg‘ulash usulida burg‘ulovchi quvurni maxsus rotorli aylantirgich xarakatga keltiradi. Rotorda maxsus teshik qoldirilgan bo‘lib, u orqali teng tomonli to‘rtburchak kesimli xarakatlantiruvchi shtanga o‘tkazilgan. Jinsni maydalash uchun asosan sharoshekli va lapkakli dolatalar ishlatiladi. Sharoshekli dolata burg‘ulanayotgan yuzaga yoppa bosim berish imkoni borligi tufayli ular samarali, lekin nisbatan qimmat turadi. Bunday usulda burg‘ulashda shlamni zaboydan chiqarib tashlash xuddi kolonkali burg‘ulashdagidek amalga oshiriladi.
Aylantirib burg‘ulashni yaxshi tomoni, uning arqonli urish usulidan ko‘ra 3-5 marotaba mexnat unimi ko‘pligida, shuningdek u yordamida nafaqat vertikal, balki gorizontal va burchak ostida kavlash ham mumkin. Uning kamchiligi kavlash diametri kichikli, yaoni 120-150 mm.
Titratib burg‘ulash – burg‘ulash quvuriga maxkam qotirilgan yo‘naltiruvchi xarakat beruvchi titratgich qotirilgan. Titratuvchi mashina taosirida unga qattiq bo‘lmagan grunt suv bilan aralashib uchlik titrashi natijasida xarakatlanb, grunt qarshiligini yengib oson cho‘kib boradi.
Diametri 125 mm gacha va chuqurligi 20-25 m gacha bo‘lgan shpur va quduq qazish uchun o‘z yurar titratuvchi uskuna qo‘llaniladi. U uskuna rama va unga osilgan generatordan iborat, uni aylanishi avtomobil yuritgichi orqali boshqariladi.
Ramaga shuningdek burg‘ulash mainasini ko‘taruvchi lebedka, bloklari o‘rnagan machta, titratib kiritgich va elektr jixozlar shiti o‘rnagan. Bu usulda burg‘ulash tezligi arqonli urish usuliga qaraganda qariyib 10 barobar tez.
Kamchiligi chuqurlik ortishi bilan titratish kuchi kamayib boradi, u chuqurlik 25 m ga yetganda titratish kuchi umuman to‘xtaydi. Shuning uchun UVB-25 uskunasi yordamida 25 m chuqurlikkacha kavlay oladi xolos.

Burgulash ishlarini olib borishda
xavsizlik texnikasi
Barcha burg‘ulash ishlarida SNiP III-4-80 «Qurilishda xavsizlik texnikasi» talab qilgan meyor qoidalarga amal qilgan xolda amalag oshirish talab qilinadi.
Burg‘ulash ishlarini boshqarishga maxsus ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar qo‘yilmaydi.
Burg‘ulash ishlarini boshlashdan oldin tok bilan ishlaydigan asboblarni yerga ulangani ularni elektr dvigateli maxsus o‘rov bilan o‘ralgan va ogoxlantiruvchi belgi qo‘yilgan bo‘lishi zarur.
Burg‘ulash ishlari olib borilayotgan joy kechalari yoritilgan bo‘lishi zarur.



Download 85.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling