Burg’ilash stanoklari va portlatish- portlashda toğ jinslari
Karyerlarda qo’llaniladigan texnologiyalar
Download 50 Kb.
|
Burg’ilash va portlatish- portlashda to jinslari maydalanish da
Karyerlarda qo’llaniladigan texnologiyalar
Skvajina kavjoyini buzish kuchlanishi tavsifi bo’yicha portlatish skvajinalarini burg’ulash uchun qo’llanadigan stanoklar uch guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga skvajina kavjoyiga mexanik ta’sir etuvchi burg’ilash stanoklari kiradi. Bu guruh aylanma harakatlanuvchi koronkali stanoklarni, sharoshka dolotali aylanma harakatlanuvchi stanoklarni, zarba-kanat burg’alash stanoklarni va pnevmatik bolg’ali pnevmozarba stanoklarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi guruh stanoklarini skvajina kavjoyiga termik yoki gidravlik, yoki portlash jarayoni sifatida ta’sir etishni ta’minlovchi burg’ilash stanoklari tashkil qiladi. Bu guruhga tegishli stanoklardan faqat olovli burg’ilash stanogi karyerlarda qo’llanadi, qolganlari esa tajriba bosqichida bo’lib, tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Uchinchi guruhga skvajina kavjoyiga aralash ta’sir ko’rsatishni ta’minlaydigan (mexanik va termik ta’sir ko’rsatish kombinatsiyasiga ega bo’lgan) stanoklar kiradi. Barcha stanoklar uchun burg’ilash operatsiyalarining bajarish tartibi burg’ilash texnologiyasi bo’yicha aniqlanadi. Portlatiladigan blokda burg’ilash ishlarini amalga oshirishda quyidagi operatsiyalar bajariladi: burg’ilash stanogini skvajina burg’ilanadigan joyga o’rnatish, skvajina burg’ilash, skvajina chuqurlashib borishi mobaynida burg’ilash stavini uzaytirish, burg’ilash stavini qismlarga ajratish, eskirgan burg’ilash instrumentini almashtirish, stanokni yangi skvajina burg’ilash joyiga ko’chirish. Stanok tomonidan faqat burg’ilash jarayoni vaqti ichida bajarilgan burg’ilash hajmi skvajina burg’ilashning texnik tezligi hisoblanadi. Texnik tezlik miqdori kon jinslarining burg’ulovchanlik ko’rsatkichi, burg’ilash instrumentining konstruksiyasi va rusumi, burg’ilash rejimi kabi qator omillarga bog’liq bo’ladi. СБР rusumli stanoklar bilan skvajina burg’ilashda qattiq qotishmalar bilan armirovkalangan keskichlardan foydalaniladi va burg’ilash instrumenti aylanish chastotasining katta bo’lishi ta’minlanadi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, konchilik ishlarini samaradorligini oshirish mamalakatning xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Konchilik sanoatini texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashda, ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. O’z navbatida ochiq kon ishlarida burg’ilash va portlatish ishini to’gri yo’lga qo’yish, zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanishning ham roli katta. Mamlakatimizda qazib olinayotgan mineral xomashyoning katta qismi ochiq usulda qazib olinib, bunda burg’ilash portlatish smenalarining tog’ri taqsimlanganligi, zamonaviy texnikalardan foydalanish yo’lga qo’yilganligi ochiq usulda qazib olish samaradorligini oshirib bormoqda. Mamlakatning eng katta yutug’I ham shunda desak mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi kunda konlarimiz zamonaviy texnika va texnoliyalar bilan ta’minlangani bizga sir emas. Dastgohlar 50 metrgacha burg’ulash ishlarini olib borish quvvatiga ega. Bu dastgohlardan to’g’ri foydalanish, ularning ko’p yillarga xizmat qilishi uchun albatta malakali, ilg’or bilimli mutaxassis kadrlar tayyorlab chiqarish ham muhim. Buning uchun oliy o’quv bilim yurtlarida yosh kadrlarni tayyorlash maqsadida zamonaviy metodlar asosida bilim berish ham yo’lga qo’yilgan. Yurtimiz konlari shunday texnika uskunalar bilan ta’minlangani, kon ishlarni olib borish uchun qulayliklar, imkoniyatlar yaratilgan ekan, mutaxassis kadrlar yetkazib berish uchun barcha sharoitlar bor ekan, tabiat injiqliklariga qaramay kon ishlarida zimmadagi majburiyatlarga sidqidildan yondoshib borilar ekan, yurtimiz konchilik sanoatida yutuqlarga erishishimiz, amaldagi vazifalar ortig’i bilan bajarilishi shak shubhasiz. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling