Burg`ulash va portlatish ishlari


Download 29.66 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi29.66 Kb.
#1518427
1   2   3
Bog'liq
portlovchi materiallar

Portlatuvchi materiallar

Barcha itqituvchi va portlovchi moddalar ichida eng qadimgisi tutunli qora poroxdir.
Mahkam, qattiq tog‘ jinslarini parchalab maydalash ishlari dastlab 1548-1572-yillari Neman daryosining farvaterlarini portlatib tozalashda qo‘llanilgan.
XVIII asrga kelib foydali qazilmalarni qazib olishda porox qo‘llanila boshlaganligi ma’lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida konchilik sanoati tez o‘sa boshlashi natijasida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalarini yaratish zarurati o‘sib bordi.
Portlatish texnikasini rivojlantirishda rus olimlari va muhandislarining roli kattadir.
Poroxning portlatilganda atrof-muhitni parchalab maydalash xususiyatini 1749-yilda M. V. Lomonosov o‘zining tabiatda selitraning tug‘ilishi haqidagi ilmiy dissertatsiyasida birinchi bo‘lib ilmiy asosda tushuntirib bergan edi.
Portlovchi moddalar haqida yana 1799-yili A. I. Musin Pushki­na «Portlovchi moddalar texnologiyasi» degan maqolasida ma’lumotlar bergan.
Nitroglitserin 1847-yili italiyalik olim Sobrero tomonidan ixtiro qilingan. Nitroglitserinni sanoat miqyosida o‘zlashtirilib tayyorlash ustida I. N. Zinin bilan Z. F. Petrushevskiy ko‘p mehnat qilganlar va natijada 1853-yili birinchi bo‘lib sof nitroglitserinning birinchi guruhi sanoatda ishlab chiqarildi. Portlovchi moddalarni sanoat tarmoqlarida keng qo‘llashda portlatish vositalarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Keyingi 100-yillar davomida porox zaryadini portlatish uchun porox tayoqchasi (porox to‘ldirilgan naycha) va porox yo‘lakchasidan foydalanib kelingan.
1812-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining korrespondent-a’zosi P. L. Shilin dunyoda birinchi bo‘lib elektr toki yordamida alangalatgich moslama qodladi, so‘ng 1833-yili Bikford o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) ixtiro etdi, A. Nobel 1867-yili simob-qaldirog‘i asosida kapsul-detonator ishlab chiqarishga patent oldi (Nobel o‘t oldiruvchisi zapal). 1867-yilda shved kimyogari I. Olsen va I. Norbellar ammiak-selitrali portlovchi moddani ixtiro etib, ishlab chiqarish uchun patent olishgan. Bu portlovchi modda hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar tarkibiga yaqin bo‘lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, portlashning atrof-muhitga ta’siri haqidagi nazariyaga asos solindi. Shu davrdagi ko‘pgina olimlarning portlovchi materiallar haqidagi nazariyalari hozirgi vaqtda ham amaliyotda o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
D. I. Mendeleyev ixtiro etgan yangi portlovchi modda «Pirokolladiya» tutunsiz porox asosida yaratilgan bo‘lib, keyinchalik butun dunyo harbiylari tomonidan o‘t ochuvchi qurollarda ishlatiladigan bo‘ldi.
Portlatish ishlarini rivojlantirib, uning nazariy asoslari zamirida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalari ishlab chiqa­rish yo‘lga qo‘yildi. 1885-yildan boshlab portlovchi modda (PM) sifatida pikrip kislotasi ishlata boshlangan bo‘lsa, 1887-yildan tetril, 1891-yildan esa trotil va yuqori quvvatli geksogen, T^H ixtiro etildi.
XIX asr oxirlarida sintez qilingan geksogen portlovchi modda sifatida 1920-yildan ishlatila boshlandi.
Portlovchi moddalar (PM) turlarining ko‘payishi ularni qodlash doirasining kengayishiga olib keldi. 1930-yildan boshlab nitroglitserinli portlovchi moddalar (dinamitlar) xavfsizligi kamroq (bexatarroq) ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan almashtirildi. Shunday bo‘lsa ham ular 12% li grizutli ko‘mirni portlatishda va 29% li grizutli ko‘mir va yondosh jinslar aralashgan lahimlarni o‘tishda 1942-yilga qadar ishlatilib kelingan. Ko‘mirsiz jinslardan iborat bo‘lgan kovlash joylarida ko‘p vaqtgacha 93%, 83% va 62% li yuqori foizli dinamit ishlatilgan. 62% li qattiq muzlaydigan dinamit esa 1965-yilga qadar ishlatilib kelindi.
Ammonit va dinamitlar 1940-yilning oxiridan boshlab ochiq konlarni qazib olishda asosiy sanoat portlovchi moddasiga (PM) aylandi. Ammiak-selitrali portlovchi modda yer osti ishlarida qo‘llanishi uchun 1931-yildan boshlab ruxsat etildi. 1941-1945-harbiy yillarda va urushdan keyingi yillar davomida ammiak-selitrali portlovchi mod­dalar (PM), shu jumladan, qisman nitroefir qo‘shilgan saqlagichli va saqlagichsiz ammonitlar ko‘mir va ruda konlarini qazib olishda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Konchilik sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida va qurilishlarda portlatish ishlarining keng qo‘llanilishi murakkab gidrotexnik inshootlarni qurishda, sug‘orish kanallarini qurishda portlovchi moddalarning qo‘llanishiga keng imkoniyat yaratdi.
1952-1953-yillari Oltin-Topgan ruda konini ochishda 1610 tonna portlovchi moddani 3 seriya bilan portlatib, katta hajmdagi konni ochish ishlari amalga oshirildi.
1966-1968-yillari o‘tkazilgan Amu-Buxoro mashina kanalini ochish uning deyarli hamma qismida portlatish kanal trassasi (yo‘li) dagi jinslarni portlatib «itqitish» usuli asosida amalga oshirildi. Bu kanal trassasida yuz minglab tonna portlovchi moddalar ishlatildi.
Chodak, Marjonbuloq, Zarmitan oltin konlarini dastlabki yillarda ochiq usulda qazib olingan karyer maydonida ham yalpi portlatish ishlari amalga oshirilishi natijasida katta miqdordagi ruda zaxiralarini ochishga va qazib olishga imkoniyat yaratilgan edi. Ingichka volfram konining 1-sonli shaxtasida 1960-yilda yer osti maydonining miqdori yuqori bo‘lgan uchastkasini yalpisiga portlatish, konchilik korxonasi ruda boyitish fabrikasining deyarli 8 baravar yuqori samara bilan ishlash imkonini bergan edi.
1968-yili Vaxsh daryosidagi gidroelektrostansiya qurilishida portlatib itqitish yo‘li bilan elektrostansiya to‘g‘onini qurishda 2000 tonna portlovchi moddani bir vaqtda portlatib boshlang‘ich to‘g‘on hosil qilingan edi. Bu to‘g‘on o‘zagiga portlatish yo‘li bilan 860 ming m3 hajmdagi tog‘ jinslarini ko‘chirib o‘tqazildi. Bu amaliy ishlar port­latib itqitish usulini kashf etgan ayrim olimlarni yaratgan formulalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga majbur etdi.
1960-yillardan boshlab xavfsiz, oddiy ammiak-selitra asosida tayyorlanadigan portlovchi modda «Igdanit» va «Ifzanit»lar sanoatda ishlab chiqarilgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan bir qatorda, yer osti ishlarida va ochiq usulda ishlatiladigan konlarda portlatish ishlari olib borishda keng qo‘llanila boshlandi.
Portlashni boshqarish usullarini takomillashtirish karyer va shaxtalarda tog‘ jinslarini parchalab-maydalashda qisqa muddatli sekinlatib portlatish imkonini rivojlantirishga yordam berdi.
Birinchi marta 1934-1935-yillarda qisqa muddatga sekinlatib portlatish usulini K. A. Berlin shaxta stvolini o‘tishda qo‘llagan, 1951-yildan boshlab konlarni ochiq usulda va shaxtalardan qazib olishda qisqa muddatli sekinlatib portlatish usuli keng qo‘llanilib va rivojlanib bormoqda.
Portlatish nazariyasi, portlatish ishlari odchamlarini hisoblash, portlashni boshqarish usulini rivojlantirish va yangi usullarini ishlab chiqish, portlatish haqidagi murakkab masalalar nazariyasini takomillashtirishda qilinadigan ishlar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalarning yaratilishi
Portlovchi moddalar zaryadida portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalar murakkab izlanishlar natijasida yaratilgan. A. Nobel portlashni qo‘zg‘ovchi portlatuvchi modda sifatida simob qaldirog‘idan foydalanib (1799-yili E.Govard tomonidan ixtiro qilingan), kapsul-detonator (K^)ni mis gilzalar ko‘rinishida ishlab chiqib, uning ichiga simob qaldirog‘ini joylashtirgan. Kapsul-detonator (K^)ni 1867-yilda ishlab chiqarish boshlangan.
Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin kapsul-detonatorni 85% simob qaldirog‘i va 15% bertoie tuzi aralashmasidan tayyorlay boshlangan.
Taxminan 1900-yillarda L. Veler kapsul-detonatorni 75% simob qaldirog‘ining trotil bilan aralashmasidan, keyinroq esa tetril aralash­masidan tayyorlashni taklif etgan.
1908-yilda ishlab chiqarilgan kapsul-detonatorlarga boshlang‘ich portlashni qo‘zg‘atuvchi sifatida simob qaldirog‘i o‘rniga qo‘rg‘oshin azidi, 1913-yildan boshlab esa qo‘rg‘oshin azidi bilan birga teneres (qo‘rg‘oshin trinitrorezorsinati) qo‘llanila boshlandi.
Rus olimi P.I. Shilling 1812-yili birinchi bo‘lib elektr yordamida ko‘mirli alangalatuvchi (zapal)ni yaratdi. B.S. Yakobi esa elektr yor­damida alangalatuvchi zapalni porox bilan zaryadlab, uni amaliyotda qodlashga yo‘l ochdi. Shu olim 1842-yili birinchi bo‘lib elektr port­latish mashinachasini yaratdi.
1831-yili Angliyada Bikford tomonidan alanga o‘tkazuvchi pilikning yaratilishi portlovchi moddalarni o‘t bilan qo‘zg‘atish usuliga asos solinishiga olib keldi.
Bikforddan ancha keyin Nobel 1867-yili «zapal Nobelya» nomi bilan o‘zining detonatoriga patent oldi. 1927-yili o‘zagi flegmatizirlangan (sezgirligi kamaytirilgan) qo‘rg‘oshin azidi bilan teneres aralashmasi yoki qo‘rg‘oshin azidining o‘zidan detonatsiyalanuvchi pilik (An) yaratildi. 1931-yili esa o‘zagiga flegmatizirlangan simob qaldirog‘i joylashtirilgan detona­tsiyalanuvchi pilik, qaldirog‘iga tetril aralashmasidan tayyorlangan detonatsiyalanuvchi pilik ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1954-yildan boshlab o‘zagiga flegmatizirlangan T^H joylashtirilgan detonatsiyalanuv­chi pilik ishlab chiqarib amaliyotda keng qodlanila boshlandi.
Detonatsiyalanuvchi pilik yordamida portlatish ishlari uchun pirotexnik rele ixtiro etilgan bo‘lib (1958-yili KATTT-58, 1962-yili K3AM-62, 1969-yih K3AM-69), bu rele zaryadlari millisekund oraliqlarda portlatish uchun mo‘ljallangan.
Elektr toki bilan portlatish vositasi elektr yordamida o‘t oluvchilar guruhini takomillashtirib, elektrodetonatorlarni OA) bir zumda portlaydigan, sekinlatilgan PA-K3) turlarini ishlab chiqarishga zamin yaratgan.
Kapsul-detonator, keyinchalik elektrodetonatorlarni presslangan qog‘oz gilzada, so‘ngra metall (mis, po‘lat, bimetill) gilzalarda ishlab chiqarilgan.
1956-yilga qadar konstantanli qizdiruvchi ko‘prikchaga ega bo‘lgan elektrodetonatorlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1960-yildan uning qizdiruvchi ko‘prikchasi nixromdan yasalgan QA-8-E, ^A8-^) turlari ishlab chiqarilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda.




  1. Download 29.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling