Burg'ulash va portlatish ishlarida ishlatiladigan atamalar Reja


Portlatish ishlarining to’liq issiqlik energiyasi -


Download 18.28 Kb.
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1763676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan atamalar Bosh-fayllar.org

Portlatish ishlarining to’liq issiqlik energiyasi - deb PM portlagandagi ajralib chiqqan patenstial energiyasidan kimeviy yuqotishlarini chiqarib tashlangan qismiga aytiladi. PM ning kimyoviy yuqotishlariga - uning zaboyka qismidagi portlamay qolgan qismlari kiradi va uning miqdori portlovchi zaryadning diametriga, formasiga, detonastiya tezligiga, transheyali zaryadlarda esa uning eniga bog’liqdir.
Portlatishning bajargan to’liq ishi deb uning portlagandagi ajralib chiqadigan issiqlik energiyasidan issiqlikni ideal yuqotish va atrof muxitni isitish uchun sarf bo’ladigan qismidan chiqarib tashlangan miqdoriga aytiladi. Sanoat miqyosidagi olib borilgan ekstprimental ishlar natijalari kimyoviy portlatish ishlarida 103kkal/kg issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Issiklik energiyasining asosiy qismi massivning ichkarisida hosil bo’ladigan yoriqlar maydoni va zaboyka orqali atrof muxitga chiqarib tashlanadigan qismiga - issiqlikni ideal yuqotish va atrof muxitni isitish uchun sarf bo’ladigan qismi deb ataladi.
Portlanish ishlarining foydali bo’lgan mexanik ish bajarish formasi deb, uning to’liq bajargan ishidan portlatishning zararli bo’lmish mexanik ishlarini chiqarib tashlangan qismiga aytiladi. Portlatishning zararli mexanik ishlariga quyidagilar kiradi: portlatish ishlaridan keyin massivning ichkari qismida hosil bo’ladigan katta, mikro va makro yoriqlar maydoni kiradi. Portlatish ishlari natijasida xosil bo’ladigan kon massivlarining silkinishi xam portlanishning zararli mexanik ishlariga kiradi. Yuqoridagi zararli mexanik ishlarni kamaytirish uchun shpur va skvajinalarning yangi tip zaboykalarni ishlab chiqish va skvajinali zaryadlarni kichik diametr orqali, xamda avtomatik fursatli portlatish sxemasiga o’tib portlatishni amalga oshiriladi.
Portlatish ishlaridagi umumiy ajralib chiqarilgan energiya quyidagi formula bilan aniqlanadi:
E = Eu  Q,
ya’ni, Eu – portlatishning solishtirma issiqligi, kDj/kg;
Q –zaryadning massasi, kg
Portlatish moddarining bajargan foydali ishi:
Ap = E  n,
ya’ni, n – portlatish moddalarining bajargan foydali ish koeffistienti.
Tog’ jinsini maydalashdagi portlatish moddalarining foydali ish koeffistienti 10-20% va irg’itishga mo’ljalangan portlatish ishlarida esa 3-6% ni tashkil etadi.

Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling