Burhoniddin al-Marg’inoniy va uning,,al-Hidoya” asari
Download 32.52 Kb.
|
Burhoniddin al-Marg’inoniy va uning ,,al-Hidoya” asari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Keywords
- Ключевые слова
Dilshodbekova Dildora Tarix fakulteti 21,133-guruh Burhoniddin al-Marg’inoniy va uning ,,al-Hidoya” asari Annotatsiya: Maqola Burhoniddin al-Marg’inoniyning hayoti, uning islom dini fiqh ilmi rovojiga qo’shgan ulkan hissasi va bugungi kunda ham islom qonunshunoslari uchun asosiy qo’llanma bo’lib kellayotga ,,al-Hidoya” asarining ilmiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Kalit so’zlar : Burhoniddin al-Marg’inoniy, Marg’ilon, ,,al-Hidoya”, Islom, fiqh, val-milla. Abstract: The article is devoted to the life of Burhanuddin al-Marghinani, his great contribution to the development of Islamic jurisprudence, and the scientific significance of ,,al-Hidaya”, which is still the main guide for Islamic jurists today. Keywords: Burhaniddin al-Marghinani, Margilan, "al-Hidoya", Islam, fiqh, val-milla. Аннотация: Статья посвящена жизни Бурхануддина аль-Маргинани, его огромному вкладу в развитие исламской юриспруденции и научному значению ,,аль-Хидайи”, которая до сих пор является главным руководством для исламских юристов. Ключевые слова: Бурханиддин аль-Маргинани, Маргилан, «аль-Хидоя», ислам, фикх, валь-милла. Tarixda ,,Islom daraxti Arabistonda ko’karib gullagan bo’lsa, mevasi Movarounnahrda yetilgan” degan hikmatli e’tirof bor. Ayni shu e’tirofning paydo bo’lishiga sabachilardan biri islom huquqshunosligining ulkan namoyondasi Burhoniddin Marg’inoniydir. To’liq ismi Imom Burhoniddin Abul Hasan Ali Ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy[1] buyuk mutafakkir, fiqh ilmi rivojiga hissa qo’shgan buyuk faqih, muhaddis, Shayx-ul islom, imom darajasiga erishgan buyuk mujtahid. O’sha davrda Marg’ilon tarkibiga kirgan (hozirgi Rishton tumani) Dahbed qishlog’ida tavallud topgan. Marg’inoniyning tavallud sanasi haqida Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning ,,Samariya” nomli kitobida ,,mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123-yil 23-sentabrda) tavallud topgan” deb ma’lumot beriladi. 1197-yil vafot etgan. Buyuk faqih, «Radd ul-muxtor» asarida keltirilishicha, Samarqanddagi 400 ga yaqin Muhammad ismli faqihlar dafn etilgan «Turbat ul- Muhammadiyn», ya’ni Muhammadiylar qabristoniga dafn etilgan. Bu qabriston tarixda «Chokardiza» nomi bilan mashhurdir. Burhoniddin Marg’inoniy ziyoli oilada tug’ilgan, uning otasi ham o’z davrida olim bo’lgan. Dastlabki ilmni ham otasidan o’rganganligi ham fikrimizni isbotlaydi. Marg’inoniy yoshlik chog’laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o’rgangan. Dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik o’sha davrdagi diniy va ma’rifiy markaz bo’lgan Samarqandga ko’chib brogan. Burhoniddin al-Marg’inoniy quyidagi olimlardan turli ilmlarni o’rgangan : mashhur faqih, tarixchi Abu Hafs Umar Nasafiy ,,Al-Aqoidun Nasafiy” asari muallifi, Shayx Imom Bahouddin Ali ibn Muhammad ibn Ismoil Isfijoniy, hanafiya fiqhi rivojiga ulkan hissa qo’shgan ilk sadr as-Sadr al-Moziy farzandlari : Imom as-Sadrush ash-Shahid Husomiddin Umar ibn Abdulaziz va Tojiddin Ahmad ibn Abdulaziz, Imom Quvomiddin Ahmad ibn Abdurrashid Buxoriy ,,Xulosat ul-bayon” asari muallifining otasi, Ziyouddin Muhammad ibn Husayn Bandijiy va boshqa ko’plab faqihlardan ilm o’rgangan. Burhoniddin Marg’inoniy hadis ilmini Ziyouddin Abu Muhammad Said ibn As’ad Marg’inoniydan o’rgangan. Marg’inoniy balog’at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bo’lganiga qaramay ustozlaridan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149-yili Marg’inoniy haj safariga bordi. ,,Kitob ul-mashoyix” (,,Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u o’zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx allomani sanab o’tgan. Bu ro’yxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad Nasafiy, Abul-Asir Bayzoviy, Abu Yoqub Sayariy, Abu Is’hoq Navqandiy, Ja’far Hinduvoniylarning nomlari bor. Burhoniddin al-Marg’inoniyning ustozlari bilan bir qatorda manbalarda u zotning shogirdlari haqida ham ma’lumotlar beriladi : Shams al-aimma Kardariy Muhammad ibn Abdusattor Muhammad faqih va muhaddis bo’lgan, Jaloluddin Mahmud ibn Husayn Usturshoniy fiqh sohasida ustozi kabi yuksak martabalarga erishgan. Burhoniddin Marg’inoniyning shogirdlari ko’pchilik bo’lib, u kishing ijodidan bahramand bo’lgan barcha izdoshlar u zotni o’zlariga ustoz deb bilganlar. Marg’inoniyning 3 o’g’li va 2 nabirasi haqida to’liq ma’lumotlar saqlangan bo’lib, farzandlari : Imoduddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil Farg’oniy ,,Odob ul-Qozi” asari muallifi, Sahyx ul-Islom Nizomuddin Umar ibn Ali ibn Abu Bakr Farg’oniy Marg’inoniy ,,Javohir al-fiqh”, ,,al-Favoid” asarlari muallifi, Jaloliddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr Farg’oniy Marg’inoniy asarlari haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan; nabiralari Abdul Avval ibn Burhoniddin Ali ibn Imoduddin ibn Jaloliddin, Abul Fath Zaynuddin Abdurahim ibn Imoduddin Farg‘oniy «Al-Fusul al- Imodiya» nomli asar yozgan.[2] Burhoniddin Marg’inoniy islom dinidagi sunniylarning to’rtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o’rganish bilan birga o’zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat al-muntahiy” (“Boshlovchilar uchun dastalbki ta’lim”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil bolgan narsalar to’plami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar ma’lum. Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya” asari 1178-yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida shunday yozgan : “Abul Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “al-Muxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytgacha katta-yu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”) dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni odsim va bu asarga “Bidoyat al-muntahiy” deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”.[3] Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada moʻjaz boʻlgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi. “Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan boʻlgan Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shay-boniy (imom Muhammad), imom Abul-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki toʻrt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, ibn Iso at-Termiziyning “Jomeʼ ul-Kabir” (“Katta toʻgsham”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. “Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib : Birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular : tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir; Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan; Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan; Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. “Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917-yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893-yilda N.P.Grodekov tomonidan nashr etilgan.[4] Xulosa qilib aytganda O’rta Osiyo faqihlarining har biri o’z salohiyati, ilmiy uslubi va yashagan davr sharoitiga qarab, islom huquqi, ayniqsa, hanafiya mazhabi rivoji yo’lida o’zlaridan barhayot asarlar qoldirganlar. Ular orasida imom Burhoniddin Marg’inoniyning qimmatli huquqiy asari ,,al-Hidoya” o’z ixchamligi, mukammalligi, hanafiya mazhabini boshqa ahli sunna mazhablari bilan qiyosiy uslubda o’rganib, har tomonlama yoritilganligi uchun o’ziga xos katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Burhoniddin Marg’inoniyning val-milla (din va millat hujati), hidoyat yo’lining sorboni kabi faxriy nom olganlar. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N.I.Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1-kitobi Toshkentda 1994-yilda yuridik fanlari doktori A.X.Saidovning soʻzboshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi. Uzoq musulmon olamida hozirgacha oʻz qimmatini yoʻqotmagan “Hidoya” va uning muallifi Margʻinoniy faoliyati oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda. Ilovalar Applications Приложения: [1]A.V.Narbekov ,,Dinshunoslik asoslari”. Toshkent-2007. [2]Shukurullo Umarov ,,Burhoniddin Marg’inoniy”. Toshkent-2015. [3]OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi. Inv. № 2929, 214. [4]Qarang. Hidoya. Kommentarii musulmanskogo pravo. Toshkent, 1893. T. , I – IV. Asar 400 nusxada bosilgan boʻlib, “Turkiston oʻlkasini maʼmuriy jandarm boshqaruv ishlaridagi xizmatchilariga moʻljallangandir” (“Turkistanskiye vedomosti” 1893 g. 16 (28) iyunya), yaʼni Rus chorizmining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishni osonlashtirish maqsadlariga boʻysundirilgan boʻlib, ruscha tarjima inglizcha tarjimasidek toʻliq emas, ayrim qismlari toʻligʻicha tushirib qoddirilgan. Download 32.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling