Burxanova feruza abdurazaqovna


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi


Download 282.34 Kb.
bet3/15
Sana18.06.2023
Hajmi282.34 Kb.
#1581752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
DISSERTATSIYA БУРХАНОВА ФЕРУЗА АБДУРАЗАҚОВНА

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi- ning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertasiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovasion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq amalga oshirildi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon adabiyotshunosligi va adabiy-estetik tafakkur tarixida, falsafa, estetika va psixologiya sohalarida badiiy ijod, ijod psixologiyasi muammosi, yozuvchining adabiy- estetik qarashlari bilan badiiy ijod orasidagi aloqadorlik masalalarini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish bir asrlik tarixga ega. Jahon adabiyotshunosligida mazkur yo‘nalishdagi kuzatishlarni olib borishda muayyan natijalarga erishilgan 2 . O‘zbek adabiyotshunosligida ijod psixologiyasi, ijodiy laboratoriya hamda adabiy-estetik qarashlar uyg‘unligi masalalari tadqiqi so‘nggi davrlarga kelibgina asosiy o‘ringa ko‘tarildi. O.Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov, N.Karimov, U.Normatov,
A.Rasulov, B.Nazarov, H.Umurov, H.Boltaboyev, I.Haqqulov, Q.Qahramonov,
Q.Yo‘ldoshev, D.Quronov, U.O‘ljaboyev, B.Karimov, U.Jo‘raqulov, I.Yoqubov,
A.Ulug‘ov, M.Qo‘chqorova, D.Xoldorov kabi adabiyotshunoslarning ilmiy izlanishlarida mazkur masalaning u yoki bu tomoniga e’tibor qaratilgan3. Ayni paytda mazkur ijodkorlar asarlari ham tahlilga tortilgan tadqiqotlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Jumladan, Nazar Eshonqul ijodi haqida X.Do‘stmuhammedov, G.Sattorova, M.Rustamova, S.Matyakupov, D.Xoldorov, F.Radjapovalarning monografik tadqiqotlari 4 , Ulug‘bek Hamdam ijodi bo‘yicha M.Pirnazarova, G.Avezova kabilarning nomzodlik dissertasiyalarida 5 , shuningdek, ko‘plab maqola-taqrizlarda 6 tahlilga tortilgan bo‘lsa-da, lekin yozuvchining adabiy-estetik qarashlari va ijodiy laboratoriyasi uyg‘unligi muammosi o‘zbek adabiyotshunosligida hali maxsus tadqiq etilmagan. O‘.Nosirovning “Ijodkor shaxs, badiiy uslub, avtor obrazi”7, A.Qodiriyning badiiy ijod haqidagi qarashlari jamlangan “Ijod mashaqqati”8, H.Umurovning “Badiiy ijod asoslari”9 kabi risola va qo‘llanmalarida aks etgan ijodkor shaxs, iste’dod, ijodiy jarayon, ijod psixologiyasiga oid kuzatishlarni bu boradagi dastlabki izlanishlar sifatida baholash mumkin. Biroq adabiyotshunoslikda yozuvchi adabiy-estetik qarashlarining ijodiga tatbiqi, o‘z asarlarida namoyon bo‘lish usullari masalasi N.Eshonqul va U.Hamdam ijodi asosida alohida monografik tadqiqot sifatida o‘rganilmagan.

Download 282.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling