Butunjahon oits ga qarshi kurash kuni


Download 33 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi33 Kb.
#1043886
Bog'liq
1-dekabr OITS


Boyovut TXTMFMT va TEB ga qarashli 6- umumta’lim maktabida 1-dekabr “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” mavzusida o’tkazilgan yig’ilish tadbiri to`g`risida


B A Y O N N O M A.


30.11.2016. Bekat mahallasi

Raislik qildi : Maktab direktori v.d. O.Islomov


Qatnashdi : MMTIBDO` Sh.Boboyev, O`TIBDO` B.Berdiyev, sinf rahbarlari va fan o`qituvchilari, QVP xodimi T.Xasanov, profilaktika inspektori J.Allanazarov, 7-9 sinf o’quvchilar 130 nafar va ota-onalar 52 nafar

Kun tartibi


“Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida OITS ga qarshi kurashish tadbiri


Eshitildi


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning MMTIBDO` Sh.Boboyev so`zga chiqdi va kun tartibidagi masala yuzasidan ma`ruza qildi va shu masalada maktabda olib borilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi.
Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan maktabning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi Chora - tadbirlar asosida OITS haqida uning oqibati xaqida Maktab o’quvchilari ishchi yig’inida ma’lumotlar yetkazildi va barcha sinflarda tarbiyaviy soatlar tashkil etildi . 8-9 sinf o’quvchilaridan “Men terorizmga qarshiman ”, “Yoshlar giyohvandlikka qarshi ” mavzularida referatlar olindi 5-7 sinf o’quvchilaridan “Biz OITS ga qarshimiz ” mavzusida rasmlar ko’rik tanlovi o’tkazildi . Reja asosida 8 a sinf rahbari K.Mirzayev va o’quvchilari ishtirokida “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi . Tadbir davomida o’quvchilar bugungi kunda dunyodagi eng katta muammo OITS ekanligi Xar kuni 15 mingga yaqin kishi ushbu kasallikni yuqtirib olayotganligi Bugungi kunda 33 mln kishi kasal ekanligi xaqida muhim ma’lumotlarni yetkazdilar va ushbu kasalikga qarshi kurashish xar bir yoshni burchi ekanligi va uni oldini olish uchun kerakli maslahatlarni berdilar . Tadbirda OITS aslida nima ekanligi , unga qarshi kurashish uchun qanday yo’llarni tutish zarurligi xaqidagi savollarga batafsil javoblar olindi . Tadbirda 8 b sinf o’quvchisi Bo`riboyeva V. nogiron bola tilidan yozilgan o’z she’rini tinglovchilarga o’qib berdi .
Tadbir davomida QVP shifokori X.To`rayev, profilaktika inspektori J.Allanazarovlar Giyohvandlik va OITS haqida o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar . Unda OITS kasalligi bugungi kunda dunyo miqyosida eng yomon kasallik ekanligi ,OITS bilan kasallanganlar soni O’zbekistonda 2 mln dan ko’p ekanligi , Ushbu kasallikning asl vatani Afrika qit’asining Kamerun davlatidan kelib chiqqanligi xaqida to’xtaldilar . Tadbir so’nggida “Qizil yarim oy jamiyati ” xaqida ham bir qator ma’lumotlar berildi . Bugungi kunda 180 dan ortiq Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy milliy jamiyatlari mavjudligi ularning asosiy vazifalari xarbiy to’qnashuvlar vaqtida yordam ko’rsatishni davom etib , ular tinchlik vaqtida katta faoliyatni amalga oshirishlari xaqida ma’lumotlar berildi .
Tadbir o’quvchilarda juda katta taasurot qoldirdi .

Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlar bo’yicha


direktor o’rinbosari :Sh.Boboyev
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling