Bux. Du maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 14-4 mt20-guruh talabasi
Download 22.54 Kb.
|
Til- millat ko'rkidir.
Bux.Du maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 14-4 MT20-guruh talabasi Qosimova Madinaning ona tili va bolalar adabiyoti fanidan “Til- millat ko’rki” mavzusida yozgan inshosi. Til- millat ko’rki. Insho. Reja:
I.Kirish. 1. Til- ijtimoiy hodisa. II. Asosiy qism . 1.Ona tili—millatning ruhidir. 2.Til- millatning muqaddas timsoli. III. Xulosa. 1. Ona tilim – bu mening g’ururim. Til jamiyatning aloqa aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. Chunki jamiyatda ro’y bergan har bir o’zgarish shu jamiyatning tilida o’zining ma’lum izini qoldiradi. Shuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo’ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilde gaplashuvchi jamiyatga bog’liq. Tilning ijtimoiyligi jamiyatda bajaradigan vazifasi, roli va bizning qanday ehtiyojlarimizni bajarishi bilan belgilanadi. V. Gumbold va Gegel asarlarida til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqida fikr bildirilgan. Til jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat esa kishilarning bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladi. Til urug’ va qabila , elat va millat tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lganligi uchun unda kishilik jamiyatining tarixi bevosita o’z aksini topadi. Har bir tilning paydo bo’lishi va hozirgi holatiga yetgunga qadar urug’, qabila, qabila ittifoqlari va xalq tillari darajasiga ko’tarilib, ulardan aloqa vositasi va kurash quroli sifatida foydalanib kelganlar. Jamiyatning o’sha taraqqiyot davrlariga qarab, bu tillar ajdodlarimizning talablarini qondirgan va jamiyat taraqqiyoti hamda sharoit talablariga ko’ra o’z ichki taraqqiyot qonunlari asosida asta-sekinlik bilan taraqqiy etib kelgan. Nihoyat, bizning hozirgi aloqa vositamiz darajasiga ko’tarigan. Ona tili- millatning ruhidir. Til- davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish- millatning yuksalishi demak. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog’i,Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Til millat qiyofasining bir bo’lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o’zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog’liq. Til- millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi- balki xalqning madaniyati, urf- odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o’z navbatida o’zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo’llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababdan ham har bir xalq o’z tilini saqlab qolishga harakat qiladi. Til- milliy qadriyatlarni birlashtirib, tutashtirib,namoyon etib turuvchi eng mustahkam zanjir, boy va cheksiz ma’naviy xazina. Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so’zlash, aloqa munosabat vositasi, mansub-xoslik omili bo’lgani bois hamisha jamiyat ravnaqining asosiy mezonlaridan bo’lib kelgan. Jumladan, o’zbek tili o’zbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, o’z siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyatli, ulkan ma’naviy yutug’idir. Bugungi taraqqiyotiga qadar shon va sharafli yo’lni bosib, keskin va shiddatli to’fonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlat maqomiga yanada ulug’vor va ustuvorligini namoyon qilmoqda. Milliy tilga e’tibor va ehtirom millatsevarlik, vatanparvarlik, oliyjanoblikning yorqin ifodasi. Milliy til- milliy urf- odat, qadriyatlarni, milliy ma’naviy me’ros- manbalarni bilish, targ’ib etishda, o’zlikni anglash,anglatishda birlamchi vosita. O’z milliy tiliga muhabbati yo’q, o’zga tillarga ehtiromi yuksak insonni millat vakili, vatanparvar shaxs deb atash mumkinmi?! Til millatga , jamiyatga, Vatanga daxldor oliy tushuncha. Shu boisdan bu borada ehtiyotkor bo’lish, ajdodlardan meros buyuk ne’mat ildiziga bolta urmaslik talab qilinadi. Tilni millatdan, millatni tildan ajratib bo’lmaydi. Shuning uchun xalqimizda “Til- millat ko’zgusi”, “Til-millatning ruhi” tarzidagi hikmatnamo gaplar bor. Til millatning bosh belgisi, asos unsure ekanligi haqidagi gap faqat shaklga daxldor emas, til millatning mag’zi va mohiyatiga daxldor tushunchadir. Til ilmida o’ziga xos o’chmas iz qoldirgan, dunyo tilshunosligini yangi o’zanlarga burib yuborishga zamin hozirlagan olmon allomasi Vilgelm fon Gumboldtning: “Mening millatim tilining doiralarini bildiradi”, degan gaplari bugun jahon tilshunosligida shakllanib ulgurgan “lisoniy madaniyatshunoslik” yo’nalishining asosini tashkil etmoqda. Zotan, “milliy ong”, “milliy dunyoqarash”, “milliy dunyoqarash”,”milliy tafakkur”, “milliy mintalitet” kabi zalvorli tushunchalarni tilsiz, tildan tashqarida tasavvur etib bo’lmaydi. Bu tushunchalarsiz esa millat degan birlikning tasavvuri imkonsizdir. Til va tafakkur bir-biri bilan shunchalik bog’liqki, ularning birisiz, ikkinchisi mavjud bo’la olmaydi. O’sha V. Gumboldtdan boshlangan va bugun aksariyat tushunchalar tomonidan e’tirof etilgan qarashlarga ko’ra til tafakkurning qanday bo’lishini tayin etadi, aytish mumkinki, inson dunyoni o’z tili mantig’idan kelib chiqib, ya’ni tili bilan idrok etadi, eshitadi va ko’radi. Har bir xalqning, millatning o’ziga xos,tiliga uyg’un milliy tafakkur tarzi mavjud. Darhaqiqat, inson o’z ona tilisi bilan ulg’ayadi, kamolga yetadi.Mana shu til bilan yashab o’tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo’ladi. O’zbek tilin tinglab kirdi menga jon, Ohista tikildim va shunda bildim. Meni tuzatolmas hech dard-u darmon, Jonimga Masihdur shu ona tilim. Ona tili- millat birligi va birdamligining timsolidir. U millat deb atalmish birlikni yagona xalq sifatida o’z atrofiga birlashtiradi, dunyoda borligini ta’min etadi. Inson tug’ilib o’sgan joyi, ona tuproq, muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko’ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so’zimiz bu ona so’zidir. Biz eng aziz, eng mo’tabar inson nomini o’z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh etgan bo’lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. Shuning uchun ham o’zbek tili buyuk va muqaddasdir. Momolarim alla aytgan sen bilan, Navoiy ham ijod etgan sen bilan, Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan, O’zbek tilim, singib ketding qonimga, Ko’rk berasan she’rlarim-u borimga. Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling