Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9
Download 285.5 Kb.
|
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani . Mavzu: MILLIY TIL VA ADABIY TIL. I. Mashg’ulotning maqsadi: -O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish;o`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish;mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1: mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1: bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1: ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Mashg’ulotning texnik chizmasi:
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)mashg’ulotga tayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: 1-topshiriq. Quyida berilgan fikrga munosabat bildiring. Til sofligining adabiy tilga qanday aloqasi bor? Shu haqda fikrlashing.Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu muqaddas timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi. Nafaqat mutaxassis, balki kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir. (N. Mahmudov)2-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. O‘zbek milliy tili va o‘zbek adabiy tili o‘rtasidagi munosabat haqidagi fikrlaringizni bayon qil ishga harakat qiling.O‘zbek tili qadim tarixga va o‘zining betakror yozma an’analariga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biridir. O‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Shundan 25 milliondan ortig‘i O‘zbekistonda istiqomat qiladi.E’tibor bersangiz, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilarning nutqida hududiy farqlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, Toshkent shevasida borovuza, ketvomman, Farg‘ona shevalarida shatta, qatta, qipchoq shevalarida juring, chig‘ing, ata, Xorazm shevasida galing, gerak, aytajakman, Buxoro shevasida ketopman, aytopman kabi so‘z shakllariga duch kelinadi, ayrim hududlarda, aytaylik, narvonni shoti desa, boshqa hududda zangi deyishadi. Shu tilda so‘zlashuvchi turli kasb egalari, turli ijtimoiy guruh vakillari nutqida ham ana shunday farql i holatl ar kuzatiladi. Ayrim so‘z va so‘z shakllari eskirib, nutqdan umuman chiqib ketishi ham mumkin. Shuningdek, so‘zlashuv nutqida ham ba’zi hududiy o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bunday va bu kabi unsurlar yaxlit o‘zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo‘ladi. O‘zbek milliy tili esa hududiy, iqtisodiy va ruhiya’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida o‘zbek millati shakllanishining asosini tashkil etadi. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan. Milliy til hamisha rivojlanib, boyib, takomillashib boradi, milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli adabiy tildir. Adabiy til millatni yanada birlashtiradigan, jipslashtiradigan, muhimi, uning ma’naviy-ma’rifiy kamoloti hamda nufuzining barqarorligiga xizmat qiladigan qudratli vosita vazifasini bajaradi. Adabiy tilning shakllanishi g‘oyat uzoq va murakkab tarixiy-tadrijiy jarayon bo‘lib, u xalq adabiy-badiiy, aqliy-ilmiy tafakkuri mahsulidir. O‘zbek adabiy tilining asoslari benazir va buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tomonidan qo‘yilgan. O‘zbek adabiy tili so‘z boyligining ko‘payib borishida va me’yorlarining barqarorlashuvida mahoratli so‘z ustalarining xizmatlari beqiyos. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo`shimcha adabiyotlar. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling