Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet8/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


8-Mavzu: MORFOLOGIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH
I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Siz bilasizki, grammatik qoidalar to‘g‘ri nutq tuzishning asosidir. Ammo aniq va ta’sirli nutq tuzish uchun grammatik vositalarning uslublarga xoslanishi, ma’no nozikliklari va ulardagi uslubiy o‘ziga
xoslik, uslubiy bo‘yoqni ham hisobga olish zarur.Xususan, morfologik shakllarning barchasi hamma uslublarda aynan bir xil qo‘llanmaydi, ularning qo‘llanishida uslubiy o‘ziga xosliklar mavjud.
42-mashq. Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni toping. Qanday subyektiv munosabat ifodalanayotganini ayting.1. Ko‘zlarimga buncha tikilding, ayt-chi, jon qiz, ne sirni bilding?
(E. Ne’matov) 2. Og‘a, sog‘ borsangiz, avval dadaml arga salom ayting. Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting (Hamza) 3. Mans ur haydovchi bilan ishchisini ochiq yuz-la qarshi olib va ularning «Qorda qolgan izlariga qaraganda, to‘y bo‘pti» d egan gaplariga kamtarona jilmayib, mehmonxonaga taklif etdi. (Sh. Xolmirzayev) 4. Nechuk jamolingni mendin yashirasen! (O. Yoqubov) 5. Ko‘zlar meni ettilar xumor, Tabassumlar yoqib qoldilar. (B. Boyqobilov) 6. Yo‘qsa, tarix bir kun bizdan Olajakdir alqasos, Nasibamiz bo‘lgay mudom: Eski hammom, eski tos.
(E. Vohidov) 7. Usta qarigina, burni cho‘tirroq, ammo juda so‘zamol, mahmadona kishi edi. (Oybek) 8. Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan. (E. Vohidov)
TAYYOR, muhayyo, shay, taxt, hozir. Ishlatish, foydala nish yoki boshqa narsa uchun naqd holatda.Tayyor kengroq tushunchaga ega. Muhayyo ko‘proq yozuv uslubiga xos. Shay «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi. Taxt so‘zi bu ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyor so‘ziga
nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. Hozir bu ma’noda juda kam qo‘llanadi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.

Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling