Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet11/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


11- Mavzu: SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI
I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini va bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Ammo bu qo‘shimchalarning qo‘llanishida bir qator uslubiy holatlar mavjud, bu holatlarda muayyan uslubiy ma’nolar, ma’no nozikliklari yuzaga keladi.Xususan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun
qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Mana keldik, – dedi u ichki bir hayajon bilan. (Tohir Malik) Jahongir «Hozir ko‘ramiz»
deb, boshqaruv stoliga qaytdi. (Tohir Malik) Bu maqolni biz ham bilamiz, – dedi Shoto‘ra. (Sh. Xolmirzayev)Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz qo‘shimchalarining qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iboratki, -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan, -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan. Masalan: Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz. (Sh. Xolmirzayev) Otingni qamchila, bo‘lmasa, quruq qolasan! (Said Ahmad)Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda, -siz va -san qo‘shimchalariga -lar ko‘plik qo‘shimchasi ham qo‘shiladi.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ayyor so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. AYYOR, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston. Aldab, chalg‘itib, har qanday ishni o‘z foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta.Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga
nisbatan ham qo‘llana oladi. Qolganlari esa bu ma’noda faqat odamga nisbatan qo‘llanadi. Ustomon, hiy la gar so‘zlarining ma’nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan biroz kuchsiz. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari «ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi. Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:


1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.

Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling