Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet10/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


10- Mavzu: ZAMON QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI


I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi zamon shakllarining ma’nolarini aniqlang.
1. – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. ( Sh. Xol mirzayev)
2. Men ertaga ketyapman, Farhod. (Erkin A’zam) 3. Buvasi gapiradi, Mamadali tinglaydi. (O‘. Umarbekov)
2-topshiriq. Quyidagi gaplarning qaysi nutqiy uslubga xosligini aniqlang.1. Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. 2. Shunda sizni azob emas, rohat kutajak. 3. Bir kun bu alamlar unutiladi. 4. Bir kun bu alamlar unutilgay.
Siz bilasizki, fe’lning zamon shakllari benihoya rang-barang bo‘lib, ular nutqda ifodalangan harakat yoki holatning uch zamon (o‘tgan, hozirgi, kelasi)dan birida v oqelanishini bildiradi. Ammo nutq tuzishda shuni ham hisobga olish kerakki, nutq vaziyati, ifoda maqsadi, umuman, uslub taqozosiga muvofiq zamon shakllari almashin ishi, muayyan bir zamonni ifodalovchi qo‘shimchalardagi o‘ziga xosliklarga ko‘ra ulardan biri tanlanishi mumkin.Masalan, quyidagi misollarda -di qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli so‘zlashuv uslubi taqozosiga ko‘ra kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan: Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? (Erkin A’zam) Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? (Ahmad A’zam)Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moqd a qo‘shimchalari ma’nodosh, ammo ular nutqiy uslublarga xoslanishi, uslubiy bo‘yog‘iga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ulardan -yap ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xos, -yotir va -moqda qo‘shimchalari esa poetik nutqda, badiiy uslubda ko‘proq qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladi. Kelasi zamon shaklini yasovc hi -ajak qo‘shimchasi ham ana shunday tantanavorlik, ko‘tarinkilikni ifodalaydi.
Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qo‘shimchasi)ning qo‘llanishida ham uslubiy o‘ziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham qo‘llanadi. Masalan, predmetning belgisini bildiruvchi so‘zlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi so‘z bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko‘rish mumkin. So‘zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi,
pichoq kesadi singari qo‘llanishlarda kuzatiladi.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan
olin gan azob so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanis hing, ulardagi ma’no
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam.
Ruhiy yoki jismoniy qiynoq.
Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiyn oq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningd ek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi. Aziyat, asosan, yozma nutqda va o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida qo‘llanadi. Jabr so‘zida belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z, asosan, «inson tomonidan bo‘ladigan azob» ma’nosida qo‘llanadi. Jafo mustaqil so‘z holida juda kam qo‘llanadi. Ko‘pincha jabr so‘zi bilan
juft so‘z holida (jabr-jafo) yoki qilmoq fe’li bilan birga qo‘llanadi. Ozor so‘zida belgi darajasi azob, jabr so‘zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘z ham mustaqil holda juda kam qo‘llanadi. Zahmat mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi. Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi. Iztirob, asosan, «ruhiy azob» ma’nosida qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi. Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi, ko‘pincha, azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi bilan juft so‘z holida qo‘llanadi.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:


1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.

Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling