Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9
Download 285.5 Kb.
|
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti
MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani . 6- Mavzu: SHEVAGA OID BIRLIKLAR VA ESKIRGAN SO‘ZLAR USLUBIYATI I. Mashg’ulotning maqsadi: -O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1: mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1: bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish. o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1: ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Mashg’ulotning texnik chizmasi:
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi. Ammo ular oddiy (adabiy emas) so‘zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me’yorda ishlatiladi. Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi. Xususan, badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi.Shuningdek, shevadagi so‘z va adabiy tildagi so‘z ifodalagan tushunc halarda ayrim nozik farqlar mavjud bo‘lganda ham yozuvchi shevadagi so‘zni afzal ko‘rishi mumkin. Masalan, hassos so‘z ustasi Abdulla Qahhor bir qissasini «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan, adabiy tilda bu so‘zning muqobili «chittak»dir. Lekin «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini ma’qul ko‘rgan.Eskirgan so‘zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda katta uslubiy qimmatga ega. Siz bilasizki, eskirgan so‘zlarning ikki turi mavj ud: arxaik so‘zlar (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) va tarixiy so‘zlar (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi). Tarixiy so‘zlar tarix mavz ulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi. Arxaik so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi. BITIK 1 Yozuv. 2 Xat, maktub. 3 Asar. O‘rxun-enasoy bitiklari. KOLORIT 1 Rasm, gravyurada ranglarning uyg‘un, o‘zaro mutanosib bo‘lishi, uyg‘unlik kasb etishi. 2 ko‘chma Biror narsaning o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari majmuyi. ZAVJ Er, qayliq. ZAVJA Xotin, rafiqa. MOZIY O‘tmish, hayotning o‘tgan qismi, o‘tgan davrdagi hayot. TANCHA shevada Sandal. QUTIDOR Qo‘qon xonligida oliq-soliqlardan to‘plangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling