Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9
Download 285.5 Kb.
|
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti
MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani . 3- Mavzu: NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI I. Mashg’ulotning maqsadi: -O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1: mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1: bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish. o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1: ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Mashg’ulotning texnik chizmasi:
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: 1-topshiriq. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning qaysi yoshd agi kishilar nutqida va qanday vaziyatda ishlatilishini ayting. 2-topshiriq. Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘r anglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. (Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! (O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish kerak buni! – dedi ikkinc hisi. (O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rding mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. (O‘. Umar bekov) 5 . Ukang mi bu hali? (Erkin A’zam) Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi. Bunda adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qilishini unut maslik lozim. OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi. Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi. Nido kitobiy. Sado juda kam qo‘llanadi. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimcha adabiyotlar. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling