Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9
Download 285.5 Kb.
|
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti
MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani . 5- Mavzu: NUTQIY USLUBLAR VA USLUBIY BO‘YOQ I. Mashg’ulotning maqsadi: -O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1: mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish; O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1: bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash; shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish. o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1: ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish. II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy. III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar. V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran. VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa: Mashg’ulotning texnik chizmasi:
VIII. Mashg’ulotning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi. 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX. O’tilgan mavzuni takrorlash X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: 1-topshiriq. Ma’lum bir uslubgagina xoslik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni aniql ang va qaysi nutqiy uslubda qo‘llanishini ayting.1. Uyginamda jujuqlarni bag‘rimga bosib, televizor ko‘rib yotsam bo‘lmasmidi-ya! (E. Vohidov) 2. Qanotlari qayrilgan emas, qirqib olingan qush holatidagi Manzura tunda quyosh balqishini kutgan notavon kabi eridan har daqiqada bir mujda kutardi. (Tohir Malik) 3. Shundoq narsani suvga aralashtiradimi, pandavaqi! (Erkin A’zam)2-topshiriq. Salbiylik yoki ijobiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni toping va ma’nolarini izohlang. Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi. Tildagi so‘zlar (boshqa birliklar)ning kattagina qismi muayyan nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga moslashgan, ya’ni muayyan uslubga xosl angan, bu uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan, bu so‘zni faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayni paytda ayrim so‘zlar qo‘shimcha ravishda so‘zlovchi (yozuvchi)ning nutq predmetiga bo‘lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. Ana shu ikki jihat, ya’ni so‘zning muayyan uslubga mansubligi va unda so‘zlovchi subyektiv munosabatin ing ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi. Birinchisi «funksional bo‘yoq» (masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi, «inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud). «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning izohlariga diqqat qiling. Mazkur so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. BARTeR Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma. BIRJA Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli. INVeSTITSIYA Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi. MARKeTING 1 Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha. 2 Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning yangi mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimi. MeNeJeR Korxona va kompaniya egasi bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchi. MeNeJMeNT Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibg a solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan. XI.Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi? 2. Fanning maqsadini ta’riflab bering. XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimcha adabiyotlar. Download 285.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling