Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet9/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


9- Mavzu: SUBYeKTIV BAHO IFODALOVCHI QO‘SHIMCHALAR USLUBIYATI
I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1-topshiriq. Berilgan gapda qo‘llangan erkalash shakli orqali so‘zlovchining qanday subyektiv munosabati ifodalanay otganini aniqlang.Ukajon, bemalol o‘tib o‘tiravering, – shunday deya Saf ar aka o‘rtadagi xontaxtasiga turli noz-ne’matlar qo‘yilgan chorp oyaga ishora qildi.
(A. Yo‘ldoshev)
2-topshi riq. Berilgan gaplarda qo‘llangan kichraytirish shakllari orqali
so‘zlovchining qanday subyektiv munosabati ifodalanayotganini aniqlang.
1. Hikmatillo bu hazilkash yigitchaning puchuq bo‘lsa ham, allaqanday yoqimtoy chehrasiga qarab turibdi. (O. Yoqubov) 2. Toychoqlar hanuz o‘ynoqlashini qo‘ymas, goh to‘xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. (Isajon Sulton)
Tilimizda -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabi bir qancha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi.
AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozl amoq, e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda bo‘lmoq.
Avaylamoq, asosan, «tashqi ta’sirdan, tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan ehtiyot qilish» ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlaridagiga nisbatan kuchliroq. Ayamoq «tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish, sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» ma’nosida ham qo‘llanadi. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlarining ma’no xususiyati ularning o‘zagi (ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular «tashqi
ta’sir yoki biror sabab bilan biror narsa bo‘lishdan ehtiyot holda tutmoq» ma’nosida qo‘llanadi. Ardoqlamoq oddiy so‘zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so‘zda g‘amxo‘rlik, hurmat munosabati ham aks etadi. E’zozlamoq, e’zoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda g‘amxo‘rlik munosabati yana ham kuchliroq bo‘ladi. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimchaadabiyotlar.

Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling