Kirutma gaplar haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos
Download 21.94 Kb.
|
uyushiq bo\'lak test
1. Kirutma gaplar haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos; kiritma gaplar, asosan, gap o’rtasida keladi; kiritma gaplar orqali ifodalangan qo’shimcha ma’lumot gapning umumiy mazmuniga bog’liq bo’lmaydi; 4) kiritma gaplar gap tarkibidan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma’nosiga ziyon yetmaydi. A) 1, 2, 4 B) faqat 1 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 2. Quyidagi she’riy parchada gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo’lakni toping. Nega yig’layapsan, Yolg’izim, qo’zim? Tun uzoq, uxlay qol Ko’zlaringni yum. A) uxlay qol B) yolg’izim, qo’zim C) tun uzoq D) bunday bo’lak qatnashmagan 3. Undalmada faqat til undoshlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor, Nimaga uzoqroq kulmaysan? B) Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? Go’zal yulduz, yerimizning eng qadrli tug’gani! Ona tilim, sen ruhimning qanoti, Abu turk nafasi, Oltoy chechagi. 4. Gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmagan bo’lak mavjud bo’lgan gapni aniqlang. A) Ko’chadan kiraverishda, ariq bo’yida, kattagina bo’sh bir o’tinxona bo’lar edi. B) Dadam bosmaxonadanmi, magazindanmi, juda ko’p afishalar keltirib berdi. C) Bilingki, o’z vaqtida tuzatilmagan xato fojiaga olib keladi. D) Shu bilan, qarabsizki, shinamgina kutubxona paydo bo’ldi. 5. Qaysi javobda quyidagi she’riy misralardagi vergullarning qo’llanish sababi to’g’ri izohlangan? Shivirlading yonimda xushhol: Mangu birmiz, do’stim, ikkimiz. (A.Oripov) ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan undalma ishtirok etgan uyushiq bo’laklar ishtirok etgan kiritma ishtirok etgan ˜6. Qaysi gapda gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo’lak mavjud? A) Agar sizlar bir tan, bir jon bo’lsangiz, sizga adovat qilganlarni yengasiz. Kim biladi, taqdirning xohishi, jilvasi yana qanday kutilmagan o’yinlar ko’rsatar ekan! Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymaydi, balki yana ko’payadi. Yomon niyat qilmang, ha-huv deguncha bu kunlar ham unut bo’lib ketadi. 7. Quyida berilgan gapda vergulning ishlatilishi qanday so’zlar bilan bog’liq? To‘g‘ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg‘izlanib qolish, ming bir ta’nalarni eshitishdan ham qo‘rqdim, shekilli. (Sh.Xolmirzayev) 1) ajratilgan bo’lak; 2) uyushiq bo’lak; 3) kirish so’z A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 8. Qaysi gapda gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmagan bo’lak mavjud? A) Ko’chadan kiraverishda, ariq bo’yida, kattagina bo’sh bir o’tinxona bo’lar edi. B) Dadam bosmaxonadanmi, magazindanmi, juda ko’p afishalar keltirib berdi. C) Bilingki, o’z vaqtida tuzatilmagan xato fojiaga olib keladi. D) Shu bilan, qarabsizki, shinamgina kutubxona paydo bo’ldi. 9. 1. Kirish so'z qatnashgan ajratilgan bo'lakli gapni toping. Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog'i, bundan to'rt yillarcha oldin qurib qolgandi. Ayniqsa, hech narsa o'qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o'ylaydilar. Bilimsiz odam hech narsaga erisha olmaydi, aksincha, hayotda yutqazadi. O'z hollariga qo'yib berishganda, bu yerlarga majburan ko'chirib kelishmaganda, qanday soz bo'lardi-ya! 10. Kirishlar haqidagi barcha to’g’ri fikrlar ko’rsatilgan javobni belgilang. 1) kirishlar orqali so’zlovchining o’zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosabatlari ifodalanadi; 2) kirishlar so’z va birikma holatida bo’ladi; 3) kirishlar uslubiy xoslanish xususiyatiga ega emas; 4) kirishlar gapning boshqa bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 3, 4 11. Berilgan gaplarning qaysi biri tarkibida yoyiq undalma mavjud? 1) Jahonga yuz tutgan O‘zbekistonim, sening har bir yutug‘ing mening yutug‘imdir. 2) O‘g‘lim Yodgor. Aftidan sen bu gaplarni eshitmagansan. 3) O‘-o‘, do‘stim. Buning hammasi xam xayol. 4) Sobir! Eski oshnalaringni topib keldim. A) 3, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 12. Qaysi qatorda menimcha, fikrimcha, aytishlaricha kirish so‘zlarining ifodasi to‘g‘ri berilgan? fikrni shakllantirishga xizmat qiladi. his-hayajonni ifodalaydi. fikrning tartibini ko‘rsatadi. fikrning kimga qarashli ekanligini ko‘rsatadi. 13. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligi qaysi gapdagi kirish so’z orqali ifodalangan? U, nihoyat, ko’zini ochib, boshini ko’tardi. – Menimcha, sanoat qurilishini to’xtatib, turarjoy solishni davom ettirish kerak. To’g’ri, mening bu yerga kelganimni sizdan boshqa hech kim bilmaydi. D) Demak, siz shu fikrdasiz. 14. Noto‘g‘ri hukmni toping. Undalmalar o‘ziga qarashli aniqlovchi, izohlovchi yoki hol bilan yoyiq holda qo‘llanadi. Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo‘llanadi. C) Undalmali gaplarning kesimi, ko‘pincha, birinchi va ikkinchi shaxs shakllarida bo‘ladi. D) Undalmalarning gapdagi o‘rni erkindir. 15. Berilgan gapda qavs ichiga olingan gap qanday gap? Nasriddinovning xonadoniga beminnat xizmat qiladi, bog‘-chorbog‘idan, chorvasidan xabar oladi (Nasriddinovning “xobbisi” bir juft qo‘y, o‘n-o‘n besh tovuq boqish edi.) A) kirish birikma B) kirish gap C) uyushiq gap D) ajratilgan izoh bo‘laklar 16. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. She’riy parchada gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan nechta bo‘lak qatnashgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) she’rda bunday bo‘lak ishtirok etmagan 17. Grammatik jihatdan boshqa so‘zlarga bog‘lanmagan so‘z qatnashgan gapni toping. A) Do‘stlar, navqiron yoshlikni qadrlang. Vatanim bor, ko‘rkam. Shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z – o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U yerda, taxta ko‘prikning ostida, bir buloq bor. 18. Qaysi qatordagi gapda yoyiq undalmalar uyushiq holda kelgan? A) Salom, yashil vodiylar, ko‘m-ko‘k o‘rmonlar! Qadrli ustozlar, aziz talabalarni bayram bilan muborakbod etaman! Muhtaram otalar, munis onaxonlarimiz bizni duo qilib o‘tiribdi. D) Seni unutolmas yuragim aslo, Ey O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo. 19. Kiritma gap va ajratilgan bo‘lak bilan murakkablashgan sodda gap qaysi qatorda berilgan? A) Xojam, yaxshiyamki, Sulton Mahmud yoshlik chog‘larida, yuragida insof va adolat tuyg‘usi tamoman so‘nib bitmagan mahallarda, bu adolatli farmonni bergan ekan. В) Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida, besh yil birga xizmat qilganmiz, begim. Biz (bu safar menga Maktuba xola hamroh bo‘ldi) qishloqqa kechqurun, qosh qorayganda, kirib bordik. Оnа tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. She’riy parchada gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan nechta bo‘lak qatnashgan? A) 4 B) she’rda bunday bo‘lak ishtirok etmagan C) 3 D) 2 Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar. Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. Ushbu she’riy parchada nechta undalmali gap mavjud? A) 1 B) 3 C) undalmali gap qatnashmagan D) 2 22. Gap bo‘laklari bilam grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘z qaysi gapda qo‘llangan? A) Qirlar bag‘rini hali ko‘m-ko‘k, saf-saf pistalar, do‘lanalar bezab turibdi. B) Mayli, sizga yana bir imkoniyat beramiz. C) Ba’zi vaqtda, sug‘orish paytlarida, kechalari ham tinim bilmas edi. D) Asal ta’sirida yuzda qizillik, bilakda kuch, ko‘zda nur yetarlicha bo‘ladi. Download 21.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling