I.KIRISH
“Talab va taklif degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda
iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon bor” deya Makkonnell K.R. va Bryu
S.L talab va taklifni tadqiq etishni boshlashadi.
Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan
tushuncha - bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy
muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va
taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar
qolaversa butun mamlakat
miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Shuning
uchun ham talab va taklifga alohida diqqat qaratish zarur.
Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi.
Talab va taklif
narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi
nisbatni aniqlab beradi. Talab va taklifga narxning ta’siri, talab va taklif ta’sirida
muvozanatlashgan narxning o‘rnatilishi tushunchalari iqtisodiyotda katta ahamiyat
kasb etadi. Shu o‘rinda
talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi
omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblik bu borada asosiy rol o`ynaydi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni bozorsiz, hech bir davlatni bozor iqtisodiyotisiz
tasavvur etib bo`lmaydi. Aynan bozor iqtisodiyotning asosiy jang maydoni
hisoblanadi deyish mumkin. O`z navbatida talab va
taklifni bu jangdagi qurol-
yaroqlarga taqqoslash mumkin. Ya`ni, bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab
chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati
sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa
taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif»
fundamental, asosiy tushunchadir.