Sana ” yil Geofrafiya fani Sinf: 9


Download 285.5 Kb.
bet4/17
Sana26.12.2022
Hajmi285.5 Kb.
#1066955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2.Ona tili 10 -11 to\'garak konspekti

MMIBDO’_____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani .


4-Mavzu: NUTQIY USLUBLARNING TURLARI.
I. Mashg’ulotning maqsadi:
-O`quvchilarga fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:B1:
mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:B1:
bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.
o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:B1:
ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.
II. Mashg’ulotning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Mashg’ulotning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Mashg’ulotning jihozi: Mashg’ulotlik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Mashg’ulot uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Mashg’ulotning texnik chizmasi:

Mashg’ulot bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Mashg’ulotni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Mashg’ulotning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c)mashg’ulotgatayyorgarlik ko`rish va mashg’ulot rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir. Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ish qog‘ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo‘ladi. Unutmaslik lozimki, mazkur uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsa-da, o‘rni bilan ba’zan og‘zaki shakldan ham voz kechib bo‘lmaydi. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan monografiya, dissertatsiya, mashg’ulotlik, maqola va shu kabilar, albatta, yozma shaklda yaratilsa-da, ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi. Yoki badiiy uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og‘zakilikni inkor etib bo‘lmaydi.
18-mashq. Matnni o‘qing. Uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang.Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, O‘rta Osiyoda sahro lochini va tundra lochini uchraydi. Sahrolochini o‘troq yashaydi; tundra lochini faqat qishlash uchun uchib keladi. Uyasini tog‘lik va jarli joylarga quradi. Aprel–mayda 2–3 ta tuxum qo‘yadi. Bolalari mustaqil uchadigan bo‘lguncha ota-onasi ning qaramog‘ida bo‘ladi. Qushlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Sahro lochini va tundra lochini qushlarni ovlashga o‘rgatiladi. («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»)
OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik.Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi. Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash u chun qo‘llanadi va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega. Oziq «odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani
bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi. Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi. Ne’mat badiiy uslubga xos.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:


1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI darsligi, qo’shimcha adabiyotlar.

Download 285.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling