Xix asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya


Download 216.55 Kb.
bet1/5
Sana08.02.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1177374
  1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

Tayyorlovchi: Saydullayev Shohjaxon

Tub o‘zgarishlar yo‘lida

  • 1867—1868-yillarda Yaponiyada yuz bergan Meydzi islohoti Yaponiyada bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurilishiga keng yo‘l ochdi. Endigi asosiy vazifa — yapon xalqining milliy an’analarini saqlab qolgan holda jamiyatni G‘arb modelida qayta qurish edi. Imperator Mutsixito ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblarni bekor qildi. Yaponiya dunyoning barcha davlatlari uchun ochib qo‘yildi. Mamlakatni modernizatsiyalash boshlandi. Dastlab, yagona pul birligi joriy etildi. Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to‘siqlar olib tashlandi. Bu tadbirlar mamlakat miqyosida savdoiqtisodiy aloqalarga keng yo‘l ochdi. Yo‘llarda dehqonlarning shaharga qochib ketishiga qarshi, ularni tutib joyiga qaytarish uchun qo‘yilgan poyloqchilik manzillari tugatildi.

Chunki sanoat qishloqdan ishchi kuchi „oqib“ kelishidan manfaatdor edi. Bu tadbirlar Yaponiyada ichki bozorning, sanoat tarmoqlarining rivojiga xizmat qila boshladi. 1869-yilda aholining barcha tabaqalari — feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand, savdogarlar — rasman teng huquqli deb e’lon qilindi. Butun mamlakat miqyosida markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga keldi. Yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi. 1871—1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi. Hosildan hissa ko‘rinishidagi soliq pul soOSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI Tub o‘zgarishlar yo‘lida XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA OSIYO DAVLATLARI 26-§. V bob III BO‘LIM 91 lig‘i bilan almashtirildi. Yerning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi.

  • Chunki sanoat qishloqdan ishchi kuchi „oqib“ kelishidan manfaatdor edi. Bu tadbirlar Yaponiyada ichki bozorning, sanoat tarmoqlarining rivojiga xizmat qila boshladi. 1869-yilda aholining barcha tabaqalari — feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand, savdogarlar — rasman teng huquqli deb e’lon qilindi. Butun mamlakat miqyosida markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga keldi. Yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi. 1871—1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi. Hosildan hissa ko‘rinishidagi soliq pul soOSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI Tub o‘zgarishlar yo‘lida XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA OSIYO DAVLATLARI 26-§. V bob III BO‘LIM 91 lig‘i bilan almashtirildi. Yerning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi.

Download 216.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling